Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining vazifalari belgilandi

16.01.2024

Rus tilida oʻqish

 

Vazirlar Mahkamasining 11.01.2024 yildagi 23-son qarori bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.
Prezidentning 24.03.2023 yildagi PQ-101-son Qaroriga  muvofiq Davlat aktivlarini boshqarish agentligining vazifalari belgilangan, shu jumladan:
davlat aktivlarini boshqarish va хususiylashtirish boʻyicha vakolatli davlat organi sifatida yagona siyosatni yuritish; 
davlat aktivlarini ochiq va shaffof хususiylashtirish orqali ularning iqtisodiyotdagi ulushini muttasil qisqartirib borish, хususiylashtirish tartib-taomillarini soddalashtirish;
davlat mulki hisobini yuritish, boshqarish va хususiylashtirish hamda toʻlovga qobiliyatsizlik jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish;
davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari va davlat unitar korхonalarini isloh qilishda ishtirok etish va boshqalar.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi toʻgʻrisidagi Nizom quyidagilarni belgilaydi: 
Agentlik maqomi va faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari, vazifalari va funksiyalari;
markaziy apparat va hududiy boʻlinmalarning  majburiyatlari va mas’uliyati;
Agentlik vakillarining asosiy funksional vazifalari va majburiyatlari;
Agentlik faoliyati samaradorligi va mahsuldorligini baholash samaradorligining  mezonlari va koʻrsatkichlari.
Agentlik huzuridagi Davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanish markazi – davlat mulki boʻlgan boʻsh turgan noturar bino va inshootlarni, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini aniqlash va hisobini yuritish, ularni saqlash va samarali foydalanish boʻyicha vakolatli davlat muassasasi hisoblanadi, shu jumladan: 
ijaraga berishni tashkil etish,  ijaraga berilgan davlat mulki ob’yektlarini va ular boʻyicha mablagʻlarning hisobini yuritish;
davlat muassasalari(korхonalar)ga biriktirilgan davlat mulki obektlaridan samarali foydalanilishi va ularning saqlanishini belgilangan tartibda tekshirish;
ortiqcha qismini, shuningdek foydalanilmayotgan yoki maqsadsiz foydalanilayotgan davlat mulki ob’yektlarini olib qoʻyish.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.12.2024 yildan kuchga kirdi.
 Lola Abduazimova

Vazirlar Mahkamasining 11.01.2024 yildagi 23-son qarori bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.

 

Prezidentning 24.03.2023 yildagi PQ-101-son Qaroriga  muvofiq Davlat aktivlarini boshqarish agentligining vazifalari belgilangan, shu jumladan:

• davlat aktivlarini boshqarish va хususiylashtirish boʻyicha vakolatli davlat organi sifatida yagona siyosatni yuritish; 

• davlat aktivlarini ochiq va shaffof хususiylashtirish orqali ularning iqtisodiyotdagi ulushini muttasil qisqartirib borish, хususiylashtirish tartib-taomillarini soddalashtirish;

• davlat mulki hisobini yuritish, boshqarish va хususiylashtirish hamda toʻlovga qobiliyatsizlik jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish;

• davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari va davlat unitar korхonalarini isloh qilishda ishtirok etish va boshqalar.

 

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi toʻgʻrisidagi Nizom quyidagilarni belgilaydi: 

• Agentlik maqomi va faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari, vazifalari va funksiyalari;

• markaziy apparat va hududiy boʻlinmalarning  majburiyatlari va mas’uliyati;

• Agentlik vakillarining asosiy funksional vazifalari va majburiyatlari;

• Agentlik faoliyati samaradorligi va mahsuldorligini baholash samaradorligining  mezonlari va koʻrsatkichlari.

 

Agentlik huzuridagi Davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanish markazi – davlat mulki boʻlgan boʻsh turgan noturar bino va inshootlarni, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini aniqlash va hisobini yuritish, ularni saqlash va samarali foydalanish boʻyicha vakolatli davlat muassasasi hisoblanadi, shu jumladan: 

• ijaraga berishni tashkil etish,  ijaraga berilgan davlat mulki ob’yektlarini va ular boʻyicha mablagʻlarning hisobini yuritish;

• davlat muassasalari(korхonalar)ga biriktirilgan davlat mulki obektlaridan samarali foydalanilishi va ularning saqlanishini belgilangan tartibda tekshirish;

• ortiqcha qismini, shuningdek foydalanilmayotgan yoki maqsadsiz foydalanilayotgan davlat mulki ob’yektlarini olib qoʻyish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.12.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova