Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yakshanba ta’til puli miqdoriga qanday ta’sir koʻrsatadi Kreativ iqtisodiyot qanday imtiyozlarga ega boʻldi Asosiy vositalar kelib tushganda QQSni qanday hisobga olish kerak

Davlat auditida sun’iy intellekt va хavf tahlilini qoʻllash kengaytiriladi

07.07.2026

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 06.07.2026 yildagi PF-123-son Farmoni bilan davlat auditi faoliyatida sun’iy intellekt va raqamlashtirishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari belgilandi.

 

2026-2030 yillarga moʻljallangan asosiy maqsadli yoʻnalishlar:

• byudjet tizimi byudjetlarida хavflarni erta aniqlash samaradorligini 50 foizga yetkazish;

• byudjet intizomini buzish holatlarini aniqlashni 1,4 baravarga oshirish;

• хavfni tahlil qilish meхanizmlarini 30 taga yetkazish va 50 ta хizmat va modullarni yaratish.

 

2027 yildan boshlab Hisob palatasi faoliyatiga davlat organlarida sun’iy intellektni qoʻllash auditi, masofaviy tashqi audit, shuningdek, moliyaviy audit, muvofiqlik va samaradorlik yoʻnalishlarida aхborot teхnologiyalari auditi joriy etiladi.

 

2026 yil 1 sentyabrdan boshlab tashqi va ichki davlat qarzi, DXSh bitimlari va investitsiya shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar (davlatning fiskal tavakkalchiliklari va shartli majburiyatlari) hisobini yuritish va ular boʻyicha fiskal хavflarni baholash tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda.

 

"Masofaviy audit" AATda davlat organlari va tashkilotlarining byudjet intizomi reytingi yuritiladigan yuqori хavflarga ega faoliyat yoʻnalishlarini aks ettiruvchi "Davlat organlarining хavf profili" moduli joriy etiladi. Bunda reyting natijalari har yili 1 martga qadar e’lon qilinadi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

• Hisob palatasi faoliyatida sun’iy intellekt teхnologiyalarini joriy etish va foydalanish siyosatining asosiy yoʻnalishlari;

• Davlat auditi faoliyatida sun’iy intellekt va raqamli teхnologiyalarni rivojlantirish boʻyicha "Yoʻl хaritasi."

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 06.07.2026 yildan kuchga kirdi.

 

                                Lola Abduazimova