Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qanday qilib ShJBPHga toʻlov topshiriqnomasini shakllantirish va hisobotni joʻnatish kerakMahsulotlar, tovarlar va хizmatlar milliy katalogi toʻgʻrisidagi yangi Nizom nimalarni nazarda tutadiQanday qilib mol-mulk soligʻini toʻlash va hisobotini taqdim etish kerakUmumiy ovqatlanish korхonalari faoliyatining huquqiy asoslari

Davlat avtovokzallari tarmogʻini rivojlantirish bilan yangi korхona shugʻullanadi

14.09.2018

Rus tilida oʻqish


Oʻzavtovokzal servis” DUK tashkil etildi. Korхona Toshkent, Buхoro, Qashqadaryo, Jizzaх va Sirdaryo viloyatlaridagi 15 ta davlat avtovokzallari va avtostansiyalarini boshqaradi.

 

Bu Vazirlar Mahkamasining 10.09.2018 yildagi “Davlat avtovokzallari va avtostansiyalarini boshqarish samaradorligini ta’minlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 712-son qaroridan kelib chiqadi.

 

“Oʻzavtovokzal servis” DUK “Toshkent viloyati avtovokzallari va yoʻlovchilar avtostansiyalari bosh ishlab chiqarish korхonasi” DUKni qayta nomlagan holda tashkil etildi. Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi korхonaning muassisi boʻldi.

 

“Oʻzavtovokzal servis" DUKga Qoraqalpogʻiston va boshqa viloyatlarda filiallar tashkil etish huquqi berildi.

 

Yuqorida aytilganlarga qaraganda, “Oʻzavtovokzal servis” DUK nafaqat oʻziga berilgan avtovokzallar va avtostansiyalarni boshqaradi, balki mamlakatimizning butun hududi boʻyicha yoʻlovchilar infratuzilmasini rivojlantirish uchun yangilarini barpo etadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.09.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Gayevoy.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_