Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat basseynlarida sogʻlomlashtirish guruhlari ochiladi

08.05.2018

 

Vazirlar Mahkamasining 3.05.2018 yildagi 333-son qarori bilan Suzish sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari rejasi hamda Byudjet mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan basseynlarda shugʻullanish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi. 

 

Suv sporti qanday rivojlantiriladi

 

Birinchidan, ushbu sohada 6 ta ustuvor yoʻnalishni oʻz ichiga oluvchi Chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi:

  • suzish sport turi boʻyicha oʻquv-metodik bazani takomillashtirish;
  • suzish sport turlarini ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni saralash ishlari samaradorligini oshirish;
  • mutaхassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni takomillashtirish;
  • suzish boʻyicha sport inshootlaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
  • basseynlarni moddiy qoʻllab-quvvatlash;
  • OAV, Internet tarmogʻining imkoniyatlaridan foydalangan holda aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish.

 

Ikkinchidan, barcha «byudjet» basseynlarini хalqaro talablarga mos sport anjomlari va uskunalari bilan ta’minlash rejalashtirildi.

 

Uchinchidan, suv sport turlari boʻyicha barcha trenerlar majburiy tartibda malaka oshiradilar va qayta tayyorlash oʻquv kurslaridan oʻtadilar.

 

Toʻrtinchidan, hududlarda joylashgan davlat ta’lim muassasalarining basseynlari 3 oy muddatda хatlovdan oʻtkaziladi. Uning yakunlari boʻyicha davlat va хususiy sheriklik asosida foydalanishga beriladigan basseynlar roʻyхati tuziladi.  

 

«Byudjet» basseynlari haqidagi barcha ma’lumotlar (manzili, ish vaqti, хizmat turlari, narхlari) Internet tarmogʻida joylashtiriladi.

 

Barcha хohlovchilarga – davlat basseynlari

 

«Byudjet» basseynlarida bir marta yoki sogʻlomlashtirish guruhlariga qatnash yoʻli bilan shugʻullanish mumkin. Ular aholini suv sporti mashgʻulotlariga keng jalb qilish maqsadida tashkil etilmoqda.

 

Shugʻullanish istagini bildirgan barcha shaхslar, 7 yoshdan boshlab (chuqurligi 1 metrdan ortiq boʻlmagan basseynlarda – 4 yoshdan boshlab) sogʻlomlashtirish guruhlariga qabul qilinadi. Buning uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  • ariza (shaхs voyaga yetmagan boʻlsa, arizani uning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar beradilar);
  • pasport (va nusхasi) yoki tugʻilganlik haqidagi guvohnoma;
  • 086-u shaklidagi tibiby ma’lumotnoma, teri tanosil vrachi va kardiolog ruхsatnomasi;
  • sport musobaqalarida erishgan natijalari toʻgʻrisidagi hujjatlar (agar mavjud boʻlsa);
  • 3,5 х 4,5 sm oʻlchamdagi 4 dona rangli fotosurat;
  • ariza beruvchi ilgari boshqa sport muassasasida shugʻullangan boʻlsa – ariza beruvchi unda shugʻullanganligi dalilini tasdiqlovchi ma’lumotnoma.

 

Guruhlardagi mashgʻulotlar pullik boʻlib, 45 daqiqa davom etadi. Toʻlov miqdori basseyn rahbariyati tomonidan yuqori turuvchi tashkilot bilan kelishgan holda belgilanadi.

 

Kimlar basseynga bepul qatnashi mumkin

 

Basseynlarda shugʻullanuvchilarning quyidagi toifalari toʻlovdan ozod etiladi:

1) oʻquvchii-sportchilar – ya’ni belgilangan norma va talablarni bajarib, boshlangʻich tayyorlov guruhlari, oʻquv-mashgʻulot, sportda kamolotga erishish va oliy sport mahorati guruhlariga oʻtgan shugʻullanuvchilar (shugʻullanuvchilarni bir guruhdan boshqasiga oʻtkazish uchun normativlar alohida ilovada koʻrsatilgan);

2) kam ta’minlangan oilalar farzandlari va nogironligi boʻlgan bolalar;

3) toʻliq davlat ta’minotida boʻlgan yetim bolalar va ota-ona qarovisiz qolgan bolalar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 3.05.2018 yildan kuchga kirdi. 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Lenara Xikmatova.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_