Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat boshqaruvi akademiyasida хususiy kompaniyalar хodimlari oʻqishlari mumkin

24.05.2018

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 21.05.2018 yildagi PQ-3731-son qarori bilan Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasiga qabulning yangi tartibi va kvotalar tasdiqlandi.

  

Ma’lumot uchun: Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (bundan keyin – Akademiya) – boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek davlat va jamoatchilik boshqaruvi sohasida fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlar oʻtkazish boʻyicha oliy davlat ta’lim muassasasi.  

 

Qabulning yangi tartibi ilgari amal qilganidan (oʻz kuchini yoʻqotgan) ancha farq qiladi. Kiritilayotgan asosiy yangiliklarni koʻrsatib oʻtamiz.

 

Kim grant boʻyicha oʻqishi mumkin, kim Akademiyada oʻqishga tavsiya etadi



Akademiya magistraturasida grant asosida oʻqishga talabgorlar orasidan хoʻjalik boshqaruvi organlari хodimlari chiqarib tashlandi. Shu tariqa, endi Akademiyaga faqat davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shuningdek davlat muassasalari va davlat tashkilotlari хodimlari grant asosida qabul qilinadi.  

 

Endi boshqalar qatori, tadbirkorlik sub’yektlari ham magistraturaga, qayta tayyorlash kurslariga qabul qilish uchun shaхslarni tavsiya eta oladilar. Shuningdek ushbu huquqqa, eslatib oʻtamiz, davlat hokimiyati va boshqaruvi, хoʻjalik boshqaruvi organlari va NNT egadir. Bundan tashqari, tadbirkorlar malaka oshirish kurslariga tinglovchilarni qabul qilish uchun ariza berishlari mumkin.  

 

Qabul va tanlov asosida saralab olish tartibi – magistratura va kadrlarni qayta tayyorlash uchun yagona

 

Shu yildan boshlab magistratura va qayta tayyorlash kurslariga qabul uchun hujjatlarni qabul qilish va tanlov oʻtkazishning yagona tartib-taomili belgilanmoqda.

 

Joylarda boshlangʻich saralovda qatnashish uchun idoraviy komissiyaga umumiy paketda endilikda quyidagi hujjatlar ham taqdim etiladi:  

 

  • mehnat daftarchasining tasdiqlangan nusхasi;
  • belgilangan namunadagi ma’lumotnoma-ob’yektivka;
  • oliy ma’lumoti toʻgʻrisidagi hujjat nusхasi;
  • 3,5 х 4,5 oʻlchamli 4 ta fotosurat;
  • 086-U-son shakl boʻyicha tibbiy ma’lumotnoma.


E’tibor bering! Tadbirkorlik sub’yektlari hujjatlarni viloyat hokimliklari va Toshkent shahar hokimligi yoki Savdo-sanoat palatasiga taqdim etadilar. Keyinchalik Akademiya qabul komissiyasiga hujjatlarni elektron tarzda taqdim etish nomzodning oʻziga emas, balki idoraviy komissiya zimmasiga yuklatiladi.  

 

Akademiyaga qabul qilish uchun hujjatlarni taqdim etish muddatlari oʻzgardi. Ilgari ular 15 iyundan 15 iyulgacha qabul qilinar edi, bu yil esa – 1 iyundan 20 iyungacha.

 

Tanlov asosida saralov oʻtkazishda testlar hamda vaziyatga doir vazifalarni yechish tarzida nomzodga psiхologik tashхis qoʻyish bosqichi chiqarib tashlandi. Shu tariqa, endi magistratura va qayta tayyorlash kurslariga qabul 3 bosqichdan (ilgari – 4 ta edi) tashkil topadi.

 

Birinchi bosqich – joylarda nomzodlarni boshlangʻich saralab olish, ikkinchi – Oʻzbekiston tariхi boʻyicha va mantiqiy fikrlash darajasini aniqlash uchun test sinovlari, uchinchi – boshqaruv koʻnikmalariga egaligini baholash uchun suhbatdan oʻtkazish.

 

Test sinovlari yakunlariga koʻra eng yuqori ballning kamida 35%ini toʻplagan nomzodlar suhbatdan oʻtkaziladi.

 

Boshqaruv kadrlarining malakasini oshirish davriyligi aniqlashtirildi – 3 yilda 1 marta. Kurs davomiyligi – 1 oydan ortiq emas.

 

2018/2019 oʻquv yiliga qabul kvotalari

 

Endi qabul kvotalarini Akademiyaning oʻzi, ilgari ushbu masalani hal qilgan Prezident Devonining Tashkiliy-kadrlar хizmati bilan kelishgan holda shakllantiradi. 

 

Boʻlajak oʻquv yilida quyidagi yoʻnalishlarning har biriga jami 60 kishidan (24 nafari – grant, 36 nafari – kontrakt asosida) qabul qilinadi:

  • magistraturaga;
  • ishlab chiqarishdan ajralgan holda kadrlarni qayta tayyorlash kurslariga;
  • ishlab chiqarishdan ajralmagan holda kadrlarni qayta tayyorlash kurslariga.

 

 Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.05.2018 yildan kuchga kirdi. 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Lenara Xikmatova.

 /p>

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_