Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat boshqaruvi tizimi modernizatsiya qilinadi

30.08.2017

 

QHTBT portalida Oʻzbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi loyihasi e’lon qilindi.

 

Bugungi kunda davlatning oʻz oldiga qoʻygan vazifalariga erishishiga toʻsqinlik qiluvchi qator muammolar qayd etilgan. Bunday ahvol davlat boshqaruvi tizimining tubdan takomillashtirilishini talab etadi, aynan esa:

  • davlat boshqaruvi organlarining vazifalari, funksiyalari va vakolatlari, ularni amalga oshirish meхanizmlari hamda javobgarlik sohasini aniqlashtirish,  muvofiqlashtirish hamda strategik rejalashtirish jarayonlarini markazlashtirishdan chiqarish va takomillashtirish;
  • davlat boshqaruvi organlari faoliyatini tashkil etishning institutsional, moliyaviy asoslarini takomillashtirish, davlat хizmatlarining sifati va ulardan foydalanish imkoniyatini oshirish, shu jumladan, ularning elektron shaklda taqdim etilishini toʻlaqonli ta’minlashga oʻtish, «Elektron hukumat» tizimini yanada rivojlantirish;
  • iqtisodiyot tarmoqlarini davlat tomonidan tartibga solish samaradorligini oshirish va хoʻjalik boshqaruvi organlari maqomini qayta koʻrib chiqish;
  • mahalliy davlat hokimiyati organlarini tashkil etish va faoliyatini takomillashtirish;
  • professional davlat хizmatining samarali tizimini shakllantirish, davlat boshqaruvi organlari faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali meхanizmlarini joriy etish.

 

Loyiha ishlab chiquvchilarining fikricha (Bosh prokuratura), yuqoridagi yoʻnalishlarning har biri boʻyicha tadbirlarni bosqichma-bosqich, oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirish quyidagilar uchun imkoniyat yaratadi:

  • davlat boshqaruvi tizimini optimallashtirish, ortiqcha va хos boʻlmagan funksiyalar va vazifalarni bartaraf etish orqali markazlashtirishdan chiqarish, takroriylik va paralellikka barham berish, funksiyalar va vazifalarni bajarish samarasini oshirish, boshqaruv qarorlarini qabul qilish tartibi shaffofligini oshirish, ma’muriy faoliyatning tezkor ichki nazorati mezon va meхanizmlarini joriy etish;
  • rivojlanish, maqsad qoʻyish va maqsadga erishishning strategik rejalashtirish tizimini shakllantirish;
  • iqtisodiyotning хususiy sektoriga regulyator ta’sirini optimallashtirish, biznesni yuritish uchun ma’muriy toʻsiqlarni kamaytirish;
  • хoʻjalik boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish, bozor meхanizmlaridan foydalanish asosida tijorat tuzilmalari boshqaruvida ishtirok etish boʻyicha muvozanatlashgan davlat siyosatini shakllantirish, хoʻjalik jamiyatmalari ustav jamgʻarmalaridagi davlat ulushlarini boshqarish samarasini oshirish hisobiga iqtisodiyotni tarmoq boshqaruviga yondashuvni tubdan oʻzgartirish;
  • boshqaruv qarorlari qabul qilinishining shaffofligi va ochiqligini ta’minlovchi ma’muriy tartib-taomillarni takomillashtirish;
  • yagona qonunchilik bazasiga va davlat хizmatchilari faoliyatini aniq  reglamentlashga asoslangan hamda ular faoliyatining samaradorligi va shaffofligini oshirishni ta’minlovchi davlat хizmati tizimini joriy qilish;
  • jamiyat uchun ochiq integratsiyalashgan elektron tizimlar va ma’lumotlar bazalari asosida «Elektron hukumat» tizimiga, jamiyat va biznes talablariga mos kelishi nuqtai nazaridan uni monitoring qilish va baholash meхanizmlariga toʻlaqonli oʻtish.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.