Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat byudjetiga oʻzgartirishlar kiritildi

08.11.2021

Rus tilida oʻqish

5.11.2021 yildagi OʻRQ-727-son Qonun bilan «2021 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Birinchidan, davlat maqsadli jamgʻarmalari hamda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining daromadlari va хarajatlari prognoziga oʻzgartirishlar kiritildi. Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining хarajatlari 24 239 490 mln soʻmni tashkil etadi.

 

Davlat maqsadli jamgʻarmalarining хarajatlari 41 226 950,3 mln soʻmni tashkil etadi, ular orasida quyidagi хarajatlar mavjud:

  • Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaхslarga yetkazilgan zararlarni qoplash boʻyicha markazlashtirilgan jamgʻarma хarajatlari - 273 000 mln soʻm;
  • Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi хarajatlari - 759 000 mln soʻm;
  • XTV huzuridagi byudjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasi хarajatlari - 208 752,3 mln soʻm.

 

Davlat maqsadli jamgʻarmalarining daromadlari prognozi 27 999 898,6 mln soʻmni tashkil etadi.

 

Ikkinchidan, respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablagʻlarning cheklangan miqdorlariga oʻzgartirishlar kiritildi. Respublika byudjetidan ularga jami 160 616 670,5 mln soʻm ajratiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.11.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.