Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat chegarasini kesib oʻtishda undiriladigan ayrim yigʻimlarni toʻlash muddati uzaytirilmoqda

06.10.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 03.10.2023 yildagi 522-sonli «Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida avtotransport vositalari harakatini yanada tartibli tashkil etish hamda nazorat tartibotlarini soddalashtirish toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi.

 

2024 yil 1 yanvardan boshlab respublikaga kirib kelayotgan va tranzit harakatlanayotgan avtotransport vositalarini davlat nazoratidan oʻtkazishda, chegara oʻtkazish punktlarida undirilishi belgilangan yigʻimlarni bojхona hududida toʻlash imkoniyati yaratiladi, chet davlatlar avtotransport vositalarining respublika hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranzit uchun yigʻim hamda bojхona hamrohligida kuzatib borish uchun bojхona yigʻimi bundan mustasno.

 

Yigʻimlar milliy valyutada toʻlanadi.

 

Yigʻimlarni toʻlash uchun hisobvaraqlar «E-tranzit» tizimida shakllanadi va ularni QR-kod orqali toʻlash imkoniyati yaratiladi.

 

Yigʻimlar quyidagi muddatlar ichida toʻlanishi lozim:

  • bojхona nazoratidagi tovarlar yuklangan avtotransport vositalari uchun - yetkazib berish muddati doirasida;
  • qolgan barcha holatlarda chegarani kesib oʻtgandan soʻng 10 kalendar kun davomida;

 

Yigʻimlarni toʻlash muddatlari buzilgan taqdirda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasining 1/300 miqdorda boʻlgan penya toʻlanadi. Shu bilan birga:

  • toʻlanmagan yigʻimlari hamda penyalari mavjud avtotransport vositalarining respublika hududidan olib chiqilishi va harakatlanishi taqiqlanadi;
  • yigʻimlarni toʻlash muddatini bir kalendar yil davomida bir marotaba buzgan shaхslarga yigʻimlarni bojхona hududida toʻlash imkoniyati taqdim etilmaydi. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 04.10.2023 yildan kuchga kirdi.

 

 Sobir Nurberdiyev.