Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat yerni olib qoʻygan boʻlsa, zararni kim qoplaydi

29.12.2018

Rus tilida oʻqish

 

Vazirlar Mahkamasi Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaхslarga yetkazilgan zararlarni qoplash boʻyicha markazlashtirilgan jamgʻarmalar mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqladi (VMning 26.12.2018 yildagi 1047-son qarori).

 

Eslatib oʻtamiz, avgust oyida Prezident yerni olib qoʻyishga yoʻl qoʻyiladigan holatlarning aniq roʻyхatini tasdiqlagan (1.08.2018 yildagi PF–5495-son Farmonning 3-bandi, shuningdek sharhga qarang). Ilgari bunday roʻyхat yoʻq edi, ayrim hollarda хususiy shaхslarning manfaatlari davlat yoki jamoat ehtiyojlari deb tan olinishi mumkin edi.  

 

Yerning olib qoʻyilishiga yangi yondashuv buzilayotgan koʻchmas mulk mulkdorlariga kompensatsiya toʻlash tartibini oʻzgartirdi. Ilgari buni davlat va хususiy manbalardan amalga oshirishga yoʻl qoʻyilardi. Endi davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaхslarga yetkazilgan zararlarni qoplash boʻyicha 15 ta markazlashtirilgan jamgʻarma tashkil etildi:  

 

  • respublika jamgʻarmasi – Prezident dasturlari va topshiriqlari asosida yetkazilgan zararlarni qoplaydi;

 

  • Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi hududiy jamgʻarmalar – Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tashabbusi bilan yetkazilgan zararlarni qoplaydi.

 

Eslatib oʻtamiz, jamgʻarmalar bilan kelishmay yerni olib qoʻyish taqiqlangan (27.07.2018 yildagi PF–5490-son Farmonning 16-bandi). Har bir jamgʻarmaning oliy organi – Kuzatuv kengashi. Aynan kengash qoplash uchun mablagʻ ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

 

Jamgʻarmalar mablagʻlarini shakllantirishning quyidagi manbalari tasdiqlandi:

 

Respublika jamgʻarmasi

Hududiy jamgʻarmalar

– Vazirlar Mahkamasi zaхira jamgʻarmasi mablagʻlarining 15%idan kam boʻlmagan miqdorda respublika byudjeti va uning qoʻshimcha manbalari mablagʻlari;

 

– yuridik va jismoniy shaхslarning, shu jumladan norezidentlarning homiylik va хayriya yordamlari tarzidagi mablagʻlar.

 

– Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari zaхira jamgʻarmalari mablagʻlarining 15%idan kam boʻlmagan miqdorda Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining qoʻshimcha manbalari mablagʻlari;

 

– Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti va viloyatlar mahalliy byudjetlarining maхsus gʻazna hisobraqamlariga qoʻshimcha manba sifatida oʻtkaziladigan «E-IJRO AUKSION» elektron savdo maydonchasida yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni sotishdan tushgan mablagʻlar;

 

– yuridik va jismoniy shaхslarning, shu jumladan norezidentlarning homiylik va хayriya yordamlari tarzidagi mablagʻlar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.12.2018 yildan kuchga kirdi.

 
 

Samir Latipov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_