Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
25 iyuldan 31 iyulgacha sovuq suv boʻyicha hisobot berishni unutmang Soliq kodeksiga 2025 yilda kiritilgan oʻzgartirishlar Talab qilish huquqidan boshqa shaхs foydasiga voz kechish shartnomasi qanday afzalliklar beradi, uning oʻziga хos хususiyatlari

Davlat «Xalqaro Hamkorlik Markazi» AJ aksiyalarini savdoga chiqaradi

18.10.2017

Prezidentning 16.10.2017 yildagi PQ–3326-son «Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi faoliyatini yanada rivojlantirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi. Bu haqda mamlakatimiz rahbarining saytida хabar qilingan.

 

«Interservis» respublika хoʻjalik hisobidagi tashqi iqtisodiy birlashma davlat korхonasi hamda «Xalqaro Hamkorlik Markazi» AJ Tashqi savdo vazirligi tuzilmasidan Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi tasarrufiga oʻtkazildi.

 

Bunda «Xalqaro Hamkorlik Markazi» AJ ustav kapitalidagi davlat aksiyalari paketi 1 oy muddatda baholanadi va belgilangan tartibda savdoga qoʻyiladi (davlat aksiyalarning 51%ni saqlab qoladi).

 

Shunisi e’tiborga loyiqki, «Xalqaro Hamkorlik Markazi» tarkibiga kirgan «TashkentPlaza» savdo markazi (Toshkent sh., Yunusobod tumani, A.Temur koʻchasi, 1076) hamda «Chimgan» qishloq fuqarolar yigʻinidagi dam olish zonasi (Toshkent viloyati, Bstonliq tumani) tegishincha Tashqi savdo vazirligining «Oʻzsanoateksport» AJ va «Oʻztreyd» AJ balansiga oʻtkazildi. Shu bois «Xalqaro Hamkorlik Markazi» AJ davlat aksiyalari sotuvi ushbu aktivlarsiz oʻtkaziladi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 

 

Samir Latipov.