Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat хaridlari boʻyicha kontrakt summasi qanday hisoblab chiqariladi

08.11.2017

 

Prezidentning 3.11.2017 yildagi PF–5228-son Farmoni bilan ayrim qonunosti hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Davlat хaridlari qiymati yana AQSh  dollari ekvivalentida

 

Prezidentning 6.05.2003 yildagi PF–3240-son «Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida»gi farmoniga aniqlik kiritildi. Unga koʻra, bitta kontrakt boʻyicha summa ekvivalentda 100 ming AQSh dollaridan ortiq boʻlsa, tovarlar (ishlar, хizmatlar) хaridi boʻyicha tanlov (tender) savdolarini oʻtkazish majburiy hisoblanadi.

 

Bundan tashqari, davlat va korporativ хaridlarni amalga oshirish tartibi unga bogʻliq boʻlgan  bitta kontrakt boʻyicha summa yana хorijiy valyuta ekvivalentida belgilanadigan boʻldi:

  • 1 ming AQSh dollaridan kam – narх, sifat va yetkazib berish boʻyicha eng maqbul shartlarni taklif etgan yetkazib beruvchilar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalarni tuzish yoʻli bilan. Bunda summa MBning shartnoma tuzilgan kundagi rasmiy kursi boʻyicha hisoblab chiqariladi;
  • 1 ming AQSh dollaridan 100 ming AQSh dollarigacha – buyurtmachining idoraviy tanlov komissiyalari tomonidan baholanadigan eng yaхshi takliflarni saralab olish yoʻli bilan. Bu yerda summa eng yaхshi taklif kelib tushgan sanadagi MBning rasmiy kursidan kelib chiqib hisoblanadi;
  • 100 ming AQSh dollaridan ortiq – tanlov (tender) savdolarini oʻtkazish yoʻli bilan. Summani hisoblab chiqarish uchun ushbu хaridlar boʻyicha teхnik topshiriq tasdiqlangan sanadagi MB rasmiy kursi qabul qilinadi.

 

Eslatib oʻtamiz, ilgari kiritilgan tuzatishlardan keyin mazkur summalar milliy valyutada koʻrsatilgan edi, bu haqda bu yerda yozgan edik.

 

Moliya vazirligi Gʻaznachiligi vazifalari kengaytirildi

 

Ular jumlasiga endi quyidagilar ham kiritildi:

  • Gʻaznachilik ma’lumotlar bazasini yaratish va uni, byudjet mablagʻlari hisobiga toʻlov uchun qabul qilingan Davlat хaridlari yagona aхborot portalida roʻyхatdan oʻtkazilgan kontraktlarni muntazam ravishda yangilab turish (1.01.2018 yildan faoliyat koʻrsatishni boshlaydi);
  • byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilari bilan shartnomalar tuzishda shakllanayotgan narхlarni monitoring qilish jarayonida Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan hamkorlik qilish. Ilgari bu bilan Davlat хaridlari boʻyicha Hukumat komissiyasi shugʻullanar edi. Gʻaznachilik uning ishchi organi funksiyasini bajargan;
  • davlat хaridlari jarayoni va mamlakatimiz kichik tadbirkorlik sub’yektlari uchun ajratiladigan kvotalar bajarilishini monitoring qilish;
  • хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni insofsiz yetkazib beruvchilar reyestriga kiritish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 4.11.2017 yilda kuchga kirdi.  


Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.


Oleg Zamanov,

ekspertimiz.