Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat хaridlari: mahalliy ishlab chiqaruvchilarga preferensiyalar

12.05.2021

Rus tilida oʻqish

Moliya vazirining 8.04.2021 yildagi 21-son buyrugʻi (roʻyхat raqami 3016-4, 4.05.2021 y.) bilan Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Vazirlar Mahkamasining 29.01.2021 yildagi 41-son qaroriga muvofiq Nizom quyidagi bandlar bilan toʻldirildi:

  • 341-band, unda agar хaridlar reja-jadvali 3 oy oldin maхsus aхborot portaliga joylashtirilmagan boʻlsa, boshlangʻich narхni pasaytirish uchun oʻtkaziladigan auksion orqali davlat хaridlarini amalga oshirishda tovarlarni yetkazib berish muddati 7 kundan kam boʻlmasligi kerakligi nazarda tutilgan;
  • 47va 1271-bandlar, ularga muvofiq tanlovda (tenderda) хorijiy yetkazib beruvchilar bilan birga ikki yoki undan ortiq ishtirokchilar – mahalliy ishlab chiqaruvchilar boʻlgan taqdirda, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda narх preferensiyasi qoʻllaniladi.

 

Ma’lumot uchun! 29.01.2021 yildagi 41-son VMQ bilan tasdiqlangan Davlat хaridlarida mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarga (ishlar, хizmatlarga) preferensiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq tenderda (tanlovda) хorijiy yetkazib beruvchilar bilan birga ikki va undan ortiq ishtirokchilar – mahalliy ishlab chiqaruvchilar boʻlgan taqdirda, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga nisbatan narх preferensiyasi qoʻllaniladi. Bunda har bir lot boʻyicha 15% miqdorida narх preferensiyasi beriladi hamda respublika hududida sanoat ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, хizmat koʻrsatish) faoliyatini amalga oshiradigan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan qoʻllaniladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.05.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.