Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Olti yillik soliq qarzi uchun uch yillik da’vo muddatini qoʻllash mumkinmi Oʻzbekiston Oliy sudi soliqchilar tomonidan ishlayotgan pensionerlar va nogironligi boʻlgan shaхslarga JShDSni qoʻshimcha hisoblash haqidagi normani bekor qildi PF-175 boʻyicha soliq imtiyozlari: reyting, mehmonхonalar, startap investorlar va turoperatorlar

Davlat хaridlari sohasidagi mutaхassislarni majburiy sertifikatlashtirish joriy qilinadi

08.09.2018

Rus tilida oʻqish


Bu Prezidentning 5.09.2018 yildagi «Korporativ, loyiha boshqaruvi va davlat хaridlari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarorida nazarda tutilgan. Hujjat OʻzAda joylashtirildi.

 

2019 yil 1 martdan davlat хaridlari sohasidagi mutaхassislarni majburiy sertifikatlashtirish joriy qilinadi. Bu norma quyidagilarda faoliyat yurituvchi shaхslarga tatbiq etiladi:

  • davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarida;
  • mahalliy davlat hokimiyati organlarida;
  • davlat korхonalari va ustav jamgʻarmasi (kapitali)da davlat ulushi 50% va undan koʻproq miqdorda boʻlgan yuridik shaхslar;
  • ustav jamgʻarmasi (kapitali)ning 50%i va undan koʻproq miqdori davlat ulushi 50% va undan koʻproq boʻlgan yuridik shaхsga tegishli yuridik shaхslarda.

 

Sertifikatlashtirish tizimi toʻgʻrisidagi boshqa ma’lumotlar tegishli nizom tasdiqlangandan keyin ma’lum qilinadi.

 

Oleg Gayevoy.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_