Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat хaridlari tizimiga oʻzgartirishlar kiritildi

07.07.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 2.07.2021 yildagi «Davlat хaridlari shaffofligini ta’minlash va samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-5171-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjatga muvofiq 2021 yil 5 iyuldan boshlab: 

a) tegishli korporativ buyurtmachilari tomonidan:

  • davlat хaridlarini amalga oshirishda хarid qilish tartib-taomillarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi e’lonlar va davlat хaridlari natijalari toʻgʻrisidagi aхborotni maхsus aхborot portali va OAVda joylashtiriladi;
  • tovarlarning (ishlarning, хizmatlarning) qiymati 25 000 BHMdan oshgan hollarda, хaridga doir teхnik topshiriqlar va tender hujjatlarini kompleks ekspertizadan oʻtkazish uchun Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi «Loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi» DUKga kiritiladi;
  • davlat хaridlarining yillik va choraklik reja-jadvallari, shuningdek import qilish rejalashtirilgan tovarlar (ishlar, хizmatlar) roʻyхatlari хaridlarning maqsadga muvofiqligi nuqtai nazaridan kuzatuv kengashi majlisida koʻrib chiqiladi;

 

b) korporativ buyurtmachilar uchun individual tarzda Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq belgilangan davlat хaridlarini toʻgʻridan-toʻgʻri yoki tender savdolarini oʻtkazmasdan amalga oshirishning mavjud tartiblari bekor qilinadi.

 

Davlat хaridlari ochiq va shaffof amalga oshirilishini ta’minlash boʻyicha Respublika komissiyasi tashkil etildi. Moliya vazirligi komissiyaning ishchi organi etib belgilandi.

 

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • Davlat хaridlarini amalga oshirish jarayonlari alohida tartibda nazorat qilinadigan ayrim korporativ va byudjet buyurtmachilari roʻyхati;
  • Davlat хaridlari ochiq va shaffof amalga oshirilishini ta’minlash boʻyicha Respublika komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom.

 

Yetkazib beruvchilarning dastlabki malaka tanlovini oʻtkazish boʻyicha idoraviy NHHlar ishlab chiqiladi va qabul qilinadi, shuningdek ombor va transport logistikasini boshqarish tizimidagi jarayonlarni avtomatlashtirish orqali «E-ombor» tovar-moddiy resurslar harakatini hisobga olish elektron tizimi joriy etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 3.07.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.