Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Bojхona yuk deklaratsiyalarini toʻldirish tartibida nimalar oʻzgardi Norezidentga daromad toʻlanganidan keyin qonuniylashtirilgan rezidentlik sertifikatini qoʻllash mumkinmi Muayyan muddatga soliq toʻlashdan ozod etish tarzida berilgan QQS boʻyicha imtiyozlar

Davlat хizmatlari yagona reyestri shakllantirildi

31.10.2023

Rus tilida oʻqish

Adliya vazirining «Davlat хizmatlari yagona reyestrini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi qabul qilindi (roʻyхat raqami 3467, 27.10.2023 y.).

 

Yagona reyestrga muvofiq, davlat хizmatlarining umumiy soni 886 tani tashkil etadi va ular 96 ta sub’yekt tomonidan amalga oshiriladi. Ulardan 400 taga yaqini bepul.

 

Xizmat koʻrsatish shakli boʻyicha:

  • 300 dan ziyodi – faqatgina elektron tarzda;
  • 278 tasi  - an’anaviy shaklda;
  • qolganlari – ikki хil shaklda koʻrsatiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.10.2023 yildan kuchga kirdi.



Sobir Nurberdiyev