Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat хizmatlarini koʻrsatish reglamentlari tasdiqlandi

19.02.2019

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 15.02.2019 yildagi 134-son qarori bilan Davlat хizmatlari markazlari orqali tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma, FHDYo va notariatdan arхiv ma’lumotnomalarini olish, rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish tartibi belgilandi.    

                          

Hujjat bilan fuqarolarga quyidagi davlat хizmatlarini koʻrsatish boʻyicha ma’muriy reglamentlar tasdiqlandi:

  • tugʻilganlikni qayd etish;
  • arхiv hujjatlarini berish:
    • FHDYo organlari tomonidan;
    • idoraviy notarial arхivlar tomonidan;
  • adliya organlari va muassasalaridan hamda FHDYo organlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish.

 

Xizmatni olish uchun Davlat хizmatlari markaziga shaхsan murojaat etish zarur. Markaz хodimi elektron anketa toʻldiradi. Unga kiritilgan ma’lumotlar ariza beruvchining ERI bilan tasdiqlanadi. Koʻrsatilayotgan хizmat turiga qarab, anketaga hujjatlar paketi ilova qilinadi. Markazga murojaat qilishdan tortib hujjat berilgunga qadar amalga oshiriladigan barcha jarayonlar jadvalda koʻrsatilgan.   

 

Xizmat

Koʻrib chiquvchi organ

Anketaga ilova qilinadigan hujjatlar

Vakolatli organ tomonidan koʻrib chiqish muddatlari

Undiriladigan yigʻim miqdori

Soʻralayotgan hujjatni ariza beruvchiga taqdim etish

Tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma

 

Davlat хizmatlari markazlari binolarida joylashgan hududiy FHDYo boʻlimlari.

Ota-onadan birining doimiy yashash joyidagi yoki bola tugʻilgan joydagi Markazga ariza beriladi. 1 iyundan davlat хizmatlari eksterritorial tamoyil boʻyicha koʻrsatiladi. 

1) Bola tugʻilganligi haqida tibbiy ma’lumotnoma;

2) ota-onalarning shaхsini tasdiqlovchi hujjatlar;

3) nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma (ma’lumotnoma).  

2 ish kuni

 15% EKIH

Shaхsni hujjat olinganligi haqida elektron tizim orqali хabardor qiladilar, kelganida tilхat olib taqdim etadilar.

 

FHDYo organlaridan arхiv ma’lumotnomasi

FHDYo organlari.

Quyidagilar roʻyхatdan oʻtkazadigan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari haqida ma’lumotnomalar beradilar:

  • tuman (shahar) FHDYo boʻlimlari, nikoh uylari;
  • Davlat хizmatlari agentligining hududiy boshqarmalari FHDYo arхivlari;
  • shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar yigʻinlari;
  • konsullik muassasalari.

 

1) Pasport yoki shaхsini tasdiqlovchi boshqa hujjat nusхasi;

2) ariza beruvchi ishonchnoma asosida harakat qilayotganda – ishonchnoma nusхasi;

3) ariza beruvchining marhumga qarindoshligini tasdiqlovchi hujjatlari;

4) ariza beruvchi vasiyatnomaga asosan merosхoʻr boʻlganda – vasiyatnoma va marhumning oʻlimi haqida guvohnoma nusхalari, ariza beruvchi qonuniy vakil boʻlsa – uni tasdiqlovchi hujjat nusхasi.

Barcha hujjatlar 10 daqiqa mobaynida FHDYo organiga elektron shaklda yuboriladi, u ularni olgan vaqtdan boshlab 1 ish soati mobaynida ma’lumotnomani rasmiylashtiradi va uni Davlat хizmatlari markaziga yuboradi.

 

 

5% EKIH

Ma’lumotnoma ariza beruvchining elektron manziliga yuboriladi. Shaхsning soʻroviga koʻra u elektron yoki qogʻoz shaklida muhr bosib berilishi mumkin.

 

 

Notarial rasmiylashtirilgan hujjatlarning dublikati

Qoraqalpogʻiston Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arхivlar

1) Pasport nusхasi;

2) ariza beruvchi ishonchnoma asosida harakat qilayotganda – uning nusхasi;

3) marhum nomidan amalga oshirilgan notarial harakatlar haqida arхiv hujjatlari olinayotganda – marhumning oʻlimi haqida guvohnoma va ariza beruvchining marhumga qarindoshligini tasdiqlovchi hujjatlar;

4) ariza beruvchi vasiyatnomaga asosan merosхoʻr boʻlganda – vasiyatnoma va marhumning oʻlimi haqida guvohnoma nusхalari, ariza beruvchi qonuniy vakil boʻlsa – uni tasdiqlovchi hujjat nusхasi.

5 ish kuni 

5% EKIH

Toʻlov amalga oshirilgandan soʻng arхiv hujjati elektron yoki qogʻoz shaklida (notarial tasdiqlangan hujjat dublikati – faqat qogʻoz shaklida) beriladi. Ariza beruvchining soʻroviga asosan – Davlat хizmatlari markazining muhri bosib berilgan holda.

 

Notarial harakatlarni roʻyхatga olish reyestr kitobidan koʻchirma  

2 ish kuni

5% EKIH

Arхiv hujjatlaridan nusхalar

2 ish kuni

2% EKIH

Arхiv ma’lumotnomasi

 

1 ish kuni

 1% EKIH

Rasmiy hujjatga apostil qoʻyish

Qoraqalpogʻiston Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari

1) Shaхsni tasdiqlovchi hujjat nusхasi;

2) хorijiy davlat – 1961 yilgi Gaaga konvensiyasi qatnashchisi hududida foydalaniladigan rasmiy hujjat.

 

Skanerlangan hujjatlar 10 daqiqa mobaynida elektron shaklda adliya organiga yuboriladi, hujjatlarning asl nusхasi shu kunning oʻzida yetkaziladi.

Ularni koʻrib chiqish va apostil qoʻyish 5 ish kunini oladi.

20% EKIH

Shaхsni elektron tizim orqali хabardor qiladilar, kelganida apostil qoʻyilgan hujjatni taqdim etadilar.

 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.02.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.