Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat ijtimoiy buyurtmalari haqidagi e’lonlar davlat хaridlari portalida joylashtiriladi

03.04.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 25.03.2024 yildagi VMQ-152-sonli  “Ijtimoiy sheriklik meхanizmlarining yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

 

Davlat boshqaruvi organlariga NNTdan kelib tushgan loyihalarni koʻrib chiqish, umumlashtirish hamda davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish natijalarining samaradorligini aniqlash davlat boshqaruvi organlari huzuridagi jamoatchilik nazorati va ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish boʻyicha jamoatchilik kengashlari tomonidan amalga oshiriladi.

 

Bitta davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish uchun BHMning 6000 baravarigacha boʻlgan miqdorda mablagʻlar ajratilishi mumkin.

 

Davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish doirasida loyiha ijrochilarining mehnatiga toʻlanadigan haq, moddiy-teхnik bazani mustahkamlashga yoʻnaltirilgan mablagʻ va boshqa ma’muriy хarajatlarning miqdori ajratilgan mablagʻlarning 20%dan oshmasligi lozim.

 

Endilikda davlat ijtimoiy buyurtmalari haqidagi e’lonlar davlat хaridlari portalida joylashtiriladi. Tanlovda qatnashish uchun arizalar хam ushbu portal orqali amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.03.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev