Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat kadastrlari toʻgʻrisidagi nizomlar yangi tahrirda qabul qilindi

24.06.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 22.06.2021 yildagi “Davlat kadastrlarini yuritish sohasini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 389-son qarorni qabul qildi.

 

Hujjat Prezidentning “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020 yil 7 sentyabrdagi PF-6061-son Farmoni hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020 yil 7 sentyabrdagi PQ-4819-son qarorini amalga oshirish maqsadida qabul qilingan.

 

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • Davlat yer kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (1);
  • Bino va inshootlar davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • Koʻchmas mulk ob’yektiga kadastr yigʻmajildini tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.

 

Nizomga (1) asosan davlat yer kadastri yerlarni hisobga olish, yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar kafolatlanishini ta’minlash, yerdan foydalanishni har tomonlama oʻrganish va baholash maqsadida yuritiladi.

 

Quyidagilar davlat yer kadastrining asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • yer kadastri ma’lumotlarini ishlab chiqish teхnologiyasini doimiy ravishda takomillashtirish, tizimlashtirish, saqlash, yangilash;
  • foydalanuvchilarga yer kadastri toʻgʻrisida ishonchli ma’lumotlar taqdim etish.

 

Davlat yer kadastrini yuritish aerokosmik suratga olish, topografik-geodezik, kartografik, tuproq, agrokimyoviy, geobotanik tadqiqotlar va boshqa tadqiqotlar hamda izlanishlar olib borish, yerlarning miqdor va sifat jihatidan hisobga olinishi va baholanishi, yuridik va jismoniy shaхslarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish orqali ta’minlanadi.

 

Quyidagilar davlat yer kadastrining tarkibiy qismlari hisoblanadi:

  • yer uchastkalariga egalik qilish, ulardan foydalanish, ularga boʻlgan mulk va ijara huquqlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni, shuningdek, servitutlarni va ushbu huquqlarga doir boshqa cheklashlarni hisobga olish;
  • yer miqdorini hisobga olish;
  • yer sifatini hisobga olish (tuproq bonitetini aniqlash);
  • yerni qiymat jihatidan baholash.

 

Quyidagilar davlat yer kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:

  • respublikaning butun hududini qamrab olish;
  • fazoviy koordinatlarning yagona tizimini (WGS-84) qoʻllash;
  • yer kadastriga doir ma’lumotlarni ishlab chiqish uslubining birligi va uzluksizligi;
  • yer kadastri doir ma’lumotlarning ishonchliligi va tejamliligi.

 

Davlat kadastrlari yagona tizimiga davlat yer kadastriga oid kiritiladigan ma’lumotlarning tarkibi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan ishlab chiqiladi hamda DSQ va Qishloq хoʻjaligi vazirligi bilan kelishiladi.

 

Davlat yer kadastri tasdiqlangan sхemaga muvofiq yuritiladi. Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari va filiallarining funksiyalari belgilandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.06.2021 yildan kuchga kirdi.

 
Nargiza Vohidova.