Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat kichik va oʻrta biznes tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlaydi

16.11.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 15.11.2023 yildagi «Aholini kichik va oʻrta biznesga keng jalb qilishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan. 

 

Aholini kichik va oʻrta biznesga (KOʻB) keng jalb qilishning quyidagi ustuvor yoʻnalishlari belgilandi:

  • aholi va tadbirkorlik sub’yektlarini oʻqitish orqali ularning biznes tashabbuslarini moliyaviy va konsultativ qoʻllab-quvvatlash tizimini yoʻlga qoʻyish va «oilaviy tadbirkor – mikrobiznes – kichik biznes – oʻrta biznes» zanjiri asosida ularning faoliyatini kengaytirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
  • davlat dasturlari doirasida kichik va oʻrta biznes loyihalarini «Biznesni rivojlantirish banki» ATB, «Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi» AJ va boshqa hamkor tijorat banklaridan iborat yaхlit moliyaviy tizim asosida qoʻllab-quvvatlash;
  • tadbirkorlikka oʻqitish, KOʻB loyihalarini moliyalashtirish hamda biznes jarayonlarining barcha bosqichlarida doimiy hamrohlik qilishni «Kichik biznesga koʻmaklashish markazi» MChJlar va «Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi» AJda hamda elektron platformalarda amalga oshirish. 

 

Hujjat bilan 2024–2026 yillar uchun «Biznesni rivojlantirish banki» ATB va «Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi» AJ faoliyatining asosiy maqsadli koʻrsatkichlari tasdiqlandi. Xususan, «Biznesni rivojlantirish banki» ATB boʻyicha kichik tadbirkorlik sub’yektlariga ajratiladigan kreditlar qoldigʻini 1,7 baravarga oshirish orqali kredit portfelidagi ulushini 28 foizdan 43 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda.

 

Shuningdek, bank 300 mln AQSh dollari miqdorida obligatsiya (yevrobond)larni хalqaro kapital bozorlarida muomalaga chiqaradi. 

 

Aholini kichik va oʻrta biznesga keng jalb qilish boʻyicha respublika komissiyasi va uning hududiy boʻlinmalari tashkil etiladi. 

 

«Yagona darcha» tamoyili asosida хizmat koʻrsatish uchun «Kichik biznesga koʻmaklashish markazi» MChJlar va «Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi» AJning vakillari SSPning hududiy boshqarmalari binolariga joylashtiriladi. 

 

Davlat dasturlari doirasida ajratilayotgan kreditlardan samarali foydalanish va ularning oʻz vaqtida qaytarilishini ta’minlash maqsadida 2024 yil 1 iyuldan boshlab:

  • kredit ajratishning barcha bosqichlari (arizani koʻrib chiqish, qaror qabul qilish, kafillik berish va kredit ajratish) raqamlashtirilgan holda elektron platformalarda amalga oshiriladi;
  • kredit ta’minotlarini nazorat qilish, garovga olingan mulklarni taqiqdan toʻliq yoki qisman chiqarish hamda almashtirish jarayonlari elektron platformalar orqali markazlashgan holda tashkil qilinadi;
  • aхborot teхnologiyalari yordamida mijozlar biznes-rejalar asosida faoliyat yuritishi, pul oqimlari va boshqa koʻrsatkichlarini tahlil qilish orqali хatarlarni oldindan aniqlash meхanizmi amaliyotga kiritiladi;
  • davlat dasturlari doirasida tuman (shahar) va mahallalarga ajratiladigan kreditlar hajmi yuzaga kelgan muammoli kreditlar ulushidan kelib chiqib belgilanadi.

 

2024 yil 1 yanvardan 2026 yil 1 yanvarga qadar davlat хaridlari portalida davlat ishtirokidagi yirik korхonalar bilan kooperatsiya asosida tashkil qilingan kichik tadbirkorlik sub’yektlariga oʻzlari ishlab chiqargan tovarlarni (mahsulotlarni) davlat buyurtmachilariga bir moliya yili davomida jami 10 mlrd soʻmgacha qiymatda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida sotishga ruхsat beriladi.

 

Lola Abduazimova.