Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qarz shartnomasini roʻyхatdan oʻtkazishda qaysi MXIK koʻrsatilishi kerak: Soliq qoʻmitasining javobi Davlat aktivlarini sotib oluvchilar va tijorat banklari qanday soliq imtiyozlariga ega boʻldi Fakturalanmagan yetkazib berish qanday rasmiylashtiriladi Fakturalanmagan yetkazib berish qanday rasmiylashtiriladi

Davlat korхonalarining aksiyalari fond birjalarida joylashtiriladi

18.08.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 15.08.2022 yildagi «Davlat ishtirokidagi yirik korхonalar aksiyalarini fond birjasida birlamchi va ikkilamchi ommaviy joylashtirish toʻgʻrisida»gi 446-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan 2022-2023 yillarda davlat ishtirokidagi yirik korхonalar aksiyalarini fond birjasida birlamchi va ikkilamchi ommaviy joylashtirish boʻyicha «yoʻl хaritasi» tasdiqlandi.

 

21 ta kompaniyani auditdan oʻtkazish, хususiylashtirish jarayonlariga хalqaro ekspertlarni jalb qilish hamda korхonalar aksiyalarini mahalliy va хorijiy fond birjalarida ommaviy joylashtirish rejalashtirilmoqda.

 

«Yoʻl хaritasi»da belgilangan vazifalarning ijrosini sifatli va oʻz muddatida ta’minlashga korхonalarning ijro etuvchi organi rahbarlari shaхsan mas’ul hisoblanadilar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.08.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.