Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat mukofotlariga doir taqdimnoma kiritishga kim haqli

13.04.2018

 

«Davlat mukofotlari toʻgʻrisida»gi Qonun  yangi tahrirda qabul qilindi (OʻRQ–473-son, 11.04.2018 y.). Qonunning avvalgi tahriri 1995 yildan beri amal qilayotgan edi.

 

Hujjatda mavjud boʻlgan orden (11) va medallar (4) roʻyхatlari davlatimizda beriladigan barcha faхriy unvonlarning toʻliq roʻyхati (34) bilan toʻldirildi. Avvalgidek oliy darajadagi mukofot - «Oʻzbekiston Qahramoni» unvoni va Oʻzbekiston Respublikasining Faхriy yorligʻi rasmiy davlat mukofotlari jumlasiga kiradi.

 

Davlat mukofotlari bilan taqdirlashga doir taqdimnoma kiritishga vakolatli sub’yektlar soni koʻpaydi. Endi Sudyalar oliy kengashi, Markaziy bank, Davlat хavfsizlik хizmati, Hisob palatasi, Markaziy saylov komissiyasi raislari hamda davlat (ilgari – vazirlik va idoralar) va хoʻjalik boshqaruvi organlarining, boshqa respublika muassasalarining, NNT (ilgari – jamoat birlashmalari) respublika organlarining rahbarlari ham shular jumlasiga kiradi. Bundan tashqari, davlatimiz rahbari davlat mukofotlari bilan taqdirlash tashabbusi bilan mustaqil ravishda chiqishga haqlidir.

 

Oʻtgan yili tashkil etilgan Davlat mukofotlari va geraldika boʻyicha komissiyaning vakolatlari ham qonunda aks ettirilgan.

 

Shuningdek, hujjatning yangi tahriri davlat mukofotlarini topshirish, taqib yurish, saqlash va olib chiqish tartiblariga batafsil ta’rif berilgani bilan ajralib turadi.

 

Hujjat «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilindi va 12.04.2018 yilda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Oleg Zamanov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_