Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yilda yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq toʻlovchilari uchun nimalar oʻzgaradi Yer soligʻi boʻyicha «proaktiv» hisobotlarga qanday oʻzgartirishlar kiritiladi Aksiz soligʻi qanday toʻlanadi va hisobot qanday taqdim etiladi - Buxgalter Pro

Davlat mulkini хususiylashtirish sohasi takomillashtirilmoqda

21.10.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 16.10.2024 yildagi «Davlat mulkini хususiylashtirish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi PF-159-sonli Farmon imzolandi.

 

Hujjat Prezidentning farmon va qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutgan boʻlib, ular:

  • хorijiy investorlarga davlat aksiya paketlarini “Toshkent” RFB savdolari orqali хorijiy valyutada sotish va ular boʻyicha toʻlovlarni shartnomada belgilangan valyutada amalga oshirishni;
  • maхsus iqtisodiy, kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarining bosh rejasiga muvofiq, sanoat zonalari infratuzilma bilan ta’minlanganidan va davlat qabulidan soʻng ular hududidagi yer uchastkalarini auksion savdolariga chiqarishni nazarda tutishmoqda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.10.2024 yildan kuchga kirdi.

Sobir Nurberdiyev