Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat ob’yektlaridan oqilona foydalaniladi

20.10.2015

Vazirlar Mahkamasining 9.10.2015 yildagi 289-son qarori bilan davlat mulki ob’yektlaridan samarali va oqilona foydalanish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi.


 

Hujjat bilan quyidagi roʻyхatlar tasdiqlandi:

 

 

davlat organlariga operativ boshqaruvga hamda tashkilotlarga yanada samarali foydalanish uchun begʻaraz foydalanishga topshiriladigan davlat mulki ob’yektlari;

 

 

yanada samarali foydalanish boʻyicha tadbirlar rejasi ishlab chiqilishi hamda ularni tarmoq va hududiy investitsiya dasturlariga kiritish zarur boʻlgan qurilishi tugallanmagan va qayta ta’mirlanishi lozim boʻlgan davlat mulki ob’yektlari;

 

 

хoʻjalik boshqaruvi organlari ustav kapitaliga topshiriladigan davlat aktivlari.

 

 

Balansida davlat mulki ob’yektlari boʻlgan Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tashkilotlarga ob’yektlarni davlat organlari va boshqa tashkilotlarga topshirishni ularga zaruriy tiklash ishlarini olib borish hamda ulardan yanada samarali foydalanishni ta’minlashni zimmalariga yuklagan holda topshirishni amalga oshirish topshirildi.

 

 

Hujjat bilan   qurilishi tugallanmagan va qayta ta’mirlanishi lozim boʻlgan davlat mulki ob’yektlaridan yanada samarali foydalanish boʻyicha tadbirlar rejasini ishlab chiqish hamda ularni tarmoq va hududiy investitsiya dasturlariga kiritish ham topshirildi.

 

 

 

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Yelena YeRMOXINA

tayyorladi.