Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat organlari va tashkilotlariga byudjetdan ajratiladigan mablagʻlar miqdori koʻpaytirildi

20.05.2020

Rus tilida oʻqish

 

«2020 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti toʻgʻrisida»gi Qonunga tuzatishlar kiritildi (18.05.2020 yildagi OʻRQ-618-son Qonunga qarang). Tuzatishlar orqali SOVID-19 pandemiyasi davrida Davlat byudjetining barqarorligi ta’minlanishi lozim.

 

Xususan, quyidagilar qayta koʻrib chiqildi:

birinchidan, «El-yurt umidi» jamgʻarmasining transfertlar hisobidan prognoz хarajatlari – 30 mlrd soʻmga kamaytirildi;

ikkinchidan, respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga (yuqori mahalliy hokimiyat organlari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralari, boshqa organlar va tashkilotlar) ajratiladigan mablagʻlarning cheklangan miqdorlari  – 5,4 trln soʻmga koʻpaytirildi. Bunda joriy хarajatlar, shu jumladan quyidagilarni kamaytirish hisobiga 7,5 trln soʻmga oshiriladi:

  • ob’yektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalarni – 2,1 trln soʻmga;
  • davlat maqsadli jamgʻarmalariga transfertlarni – 30 mlrd soʻmga («El-yurt umidi» jamgʻarmasi хarajatlari, yuqorida keltirilganiga qarang);

 

Moliya vazirligiga respublika byudjetidan ajratiladigan mablagʻlar tarkibiga kiritilgan mablagʻlarni qayta taqsimlash huquqi berildi (quyidagi jadvalga qarang).

Mablagʻlar manzili

Mablagʻlar tarkibiga kiritilgan mablagʻlar

Qayta taqsimlash tartibi

Moliya vazirligi

  • Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan хarajatlar;
  • fermer хoʻjaliklari tomonidan iste’mol qilinadigan elektr energiyasi хarajatlarining oʻrnini qoplash uchun subsidiyalar;
  • advokatlar tomonidan koʻrsatiladigan yuridik yordam uchun haq toʻlash хarajatlari.

Quyidagilarni koʻpaytirish yoʻli bilan:

  • birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar uchun respublika byudjetidan ajratiladigan mablagʻlar miqdorini;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining byudjetlararo transfertlarini.

Maktabgacha ta’lim vazirligi

Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga subsidiyalar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining byudjetlararo transfertlarini koʻpaytirish orqali.

 

Prezident va Hukumatning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud va prokuratura organlarning byudjetdan tashqari jamgʻarmalariga soliqlar, majburiy yigʻimlar, bojlar va jarimalar hisobidan kelib tushadigan mablagʻlarning bir qismini respublika byudjetiga oʻtkazish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish huquqi mustahkamlab qoʻyildi.

 

Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 19.05.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.