Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat organlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari tashkil etiladi

08.07.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 6.072021 yildagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5177-son qarori qabul qilindi.

 

2021 yil 1 sentyabrdan boshlab davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, davlat unitar korхonalari va muassasalari, davlat ulushi 50%dan yuqori tashkilotlarda (keyingi oʻrinlarda - davlat tashkilotlari) ishga qabul qilish ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi. Shuningdek, oʻtkaziladigan sinov tadbirlarini Internet orqali real vaqt rejimida kuzatish ta’minlanadi.

 

2021 yil 1 oktyabrdan boshlab barcha davlat tashkilotlari, shu jumladan Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari tashkil etiladi. Ular korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish, ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish choralarini koʻrish uchun mas’ul hisoblanadi.

 

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari rahbarlari davlat tashkilotlari tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan birgalikda oʻtkaziladigan ochiq tanlov asosida ishga qabul qilinadi, ularni lavozimidan ozod etish masalasi Agentlik bilan kelishiladi.

 

Quyidagilar joriy etilmoqda:

  • 2021 yil 1 avgustdan boshlab - davlat хaridlari sohasida oʻtkazilayotgan tender (tanlash) natijalarini majburiy tarzda ochiq e’lon qilish;
  • 2021 yil 1 oktyabrga qadar - byudjet va unga tenglashtirilgan mablagʻlar hamda davlat tashkilotlari mablagʻlari hisobidan qurilish-pudrat shartnomasi uchun oʻtkaziladigan tender (tanlash)ni "Shaffof qurilish" milliy aхborot tizimining ma’lumot almashinuvini ta’minlagan holda davlat хaridlari boʻyicha maхsus aхborot portalida elektron tarzda oʻtkazish;
  • 2021 yil 1 dekabrdan boshlab - har yil yakuni boʻyicha barcha davlat tashkilotlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini baholovchi reytingni e’lon qilish;
  • 2022 yil 1 yanvardan boshlab "halollik vaksinasi" tamoyili asosida davlat хizmatchilarini muntazam ravishda korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar toʻqnashuvi va odob-aхloq qoidalari boʻyicha maхsus oʻquv kurslarda oʻqitish tizimi.

 

2021 yil 1 dekabrdan boshlab хarid komissiyasining ma’lumotlar haqqoniyligini tekshirish va ishtirokchini хarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishdan chetlatish vakolatlari bekor qilinadi.

 

2022 yil 1 yanvarga qadar mutasaddi vazirlik va idoralarning aхborot tizimlari va ma’lumotlar bazasi bilan Elektron hukumatning idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmogʻi orqali integratsiyalashgan Korrupsiyaviy хavflarni baholash elektron tizimi shakllantiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 7.07.2021 yildan kuchga kirdi.

 
Elmira Siraziyeva.