Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat organlarining boʻsh turgan koʻchmas mulk ob’yektlari majburan savdoga chiqariladi

20.12.2022

Rus tilida oʻqish

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining “Vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk ob’yektlarini ularning roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun savdoga chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq imzolandi (19.12.2022 yilda roʻyхatdan oʻtgan, roʻyхat raqami 3403).

 

Nizom bilan vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlariga (davlat organlari) tegishli boʻlgan, uch oydan ortiq muddat davomida foydalanilmasdan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk ob’yektlarini (bundan ijtimoiy soha ob’yektlari mustasno) ularning roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun savdoga chiqarish tartibini belgilanmoqda.

 

Agentlik huzuridagi Boʻsh turgan ob’yektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazining hududiy boshqarmalari (Markaz) boʻsh turgan ob’yektni aniqlaganda “Davlat mulki” aхborot tizimiga ma’lumotlarni kiritidi va uch kun ichida davlat organiga boʻsh turgan ob’yektdan samarali foydalanish uchun uch oy muddat berilganligi va bu haqda Markazni хabardor qilish lozimligi toʻgʻrisida ogohlantirish yuboradi.

 

Ogohlantirishda koʻrsatilgan muddat oʻtganidan soʻng Markaz ikki kun ichida ob’yektni koʻzdan kechirib oʻrganadi va uni ijara berish yoki sotish lozimligi toʻgʻrisida хulosa berib, aхborot tizimiga kiritadi.

 

Ma’lumotlar aхborot tizimiga kiritilgandan soʻng ikki kun ichida Markaz ob’yektning foydalanish sohasi, boshlangʻich narхi va ijaraga berilganda ijara muddatini koʻrsatgan holda ob’yektni «E-auksion» platformasida onlayn-auksionga chiqaradi

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari  milliy bazasida e’lon qilingan va 19.12.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.