Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yetkazib beruvchi oldida qarz yoʻq, lekin inkasso qoʻyildi: kompaniya undiruvni toʻxtatishga qanday muvaffaq boʻldi Bojxona QQSini mamlakat ichkarisida ortiqcha toʻlov hisobiga kim kamaytira oladi Foizsiz qarz shartnomasi: qanday qilib xatolarsiz rasmiylashtirish mumkin

Davlat personallashtirish markazi pullarni nimalarga sarflaydi?

22.02.2017

Vazirlar Mahkamasining 13.02.2017 yildagi 73-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga biometrik pasportlar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga biometrik harakatlanish hujjatlari berganlik uchun Davlat personallashtirish markazining byudjetdan tashqari hisob raqamiga tushgan mablagʻlarni sarflash tartibiga tuzatishlar kiritildi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga biometrik pasportlar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga biometrik harakatlanish hujjatlari berganlik uchun davlat boji summasining 60 foizi miqdoridagi mablagʻlar Davlat personallashtirish markazining byudjetdan tashqari hisob raqamiga tushadi.

 

Endilikda koʻrsatilgan mablagʻlar, shu jumladan quyidagilarga yoʻnaltirilishi mumkin:

  • biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilish uchun import uskuna va dasturiy ta’minlash hamda ishlab chiqarish asbob-uskunalarini ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar sotib olish (ilgari – ishlab chiqarish uskunalarini ta’mirlash uchun import ehtiyot qismlar sotib olish); 
  • xorijiy pudratchilar yoki Oʻzbekiston Respublikasi pudrat tashkilotlari tomonidan uskunalarga texnik xizmat koʻrsatish va biometrik pasport tizimining dasturiy ta’minoti qiymatiga haq toʻlash uchun (ilgari – faqat xorijiy pudratchilar). 

 

Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga biometrik pasportlar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga biometrik harakatlanish hujjatlari berganlik uchun tushayotgan mablagʻlardan foydalanish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 6.04.2011 yildagi 104-son qaroriga tegishli tuzatishlar kiritildi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni va u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchiligi» axborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz.