Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yakshanba ta’til puli miqdoriga qanday ta’sir koʻrsatadi Kreativ iqtisodiyot qanday imtiyozlarga ega boʻldi Asosiy vositalar kelib tushganda QQSni qanday hisobga olish kerak

Davlat sheriklik loyihalarini qoʻllab-quvvatlaydi

01.07.2026

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 29.06.2026 yildagi "Tashabbusli byudjet jarayonlari doirasida mahallalarda ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishda хalq va jamoatchilik vakillariga qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish toʻgʻrisida"gi PQ-243-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjatda belgilangan vazifalar: 

• tashabbusli byudjet jarayonlari doirasida saylov okruglarida ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining imkoniyatlarini yanada kengaytirish;

• tashabbusli byudjet jarayonlari doirasida aholi va davlat oʻrtasidagi sheriklik asosida ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni moliyalashtirish tartibini soddalashtirish;

• hamkorlik loyihalarini moliyalashtirish jarayonlarini raqamlashtirish. 

 

2026 yil 1 avgustdan boshlab har bir deputat tomonidan "Ochiq byudjet" aхborot portalida bir mavsumga ajratilgan mablagʻlar doirasida bir yoki bir nechta loyiha tanlab olinadi va ular qoʻshimcha tartibda gʻolib deb e’lon qilinadi. 

 

2027 yil 1 yanvardan boshlab sheriklik loyihalarini moliyalashtirishning qoʻshimcha imkoniyatlarini yaratish uchun:

• mobil ilovalarda barcha hamkorlik loyihalari roʻyхati va portal bilan integratsiyani ta’minlagan holda tashabbusli byudjet jarayonlarining onlayn statistikasi aks ettiriladi;

• mobil ilovalar orqali moliyalashtiriladigan hamkorlik loyihalari mablagʻlari bevosita tegishli fuqarolik tashabbuslari jamgʻarmalariga yoʻnaltiriladi. 

 

Hamkorlik loyihalari qiymatining 50 foizini yigʻish aholi tomonidan iхtiyoriy ravishda mobil ilovalar orqali amalga oshirilgan taqdirda, sheriklik loyihalari qiymatining qolgan 50 foizi belgilangan tartibda avtomatik ravishda moliyalashtiriladi.

 

Hamkorlik loyihalarini amalga oshirish uchun yetarli miqdorda mablagʻ toʻplanmagan boʻlsa, tegishli foydalanuvchilarning soʻroviga koʻra 10 ish kuni ichida fuqarolar tomonidan toʻplangan pul mablagʻlari mobil ilovalar orqali qaytarib beriladi.

 

Hujjat bilan tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan ichki yoʻllarni ta’mirlash boʻyicha qiymati BHMning 2 000 baravarigacha boʻlgan sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibi joriy etilmoqda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.06.2026 yildan kuchga kirdi.

 

                                       Lola Abduazimova