Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xorijiy kompaniyaning UFga qoʻshgan mulkiy hissasi soliq solish maqsadida eksport hisoblanadimi 2025 yilda Oʻzbekistonda soliqlar va yigʻimlar: turlari, stavkalari, hisobotlarni taqdim etish va soliqlarni toʻlash muddatlari Mehnat va ish haqi

Davlat teatrlari va konsert muassasalariga KPI oʻrnatilmoqda

29.08.2023

Rus tilida oʻqish

25.08.2023 yilda Vazirlar Mahkamasining “Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalari faoliyatini baholash, toifalari (guruhlari)ni belgilash hamda ragʻbatlantirish tartibi joriy etilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining «Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 2019 yil 18 apreldagi 329-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi 423-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan davlat teatrlari va konsert mauassasalari faoliyatini baholash reytingi belgilanmoqda. Eng yuqori baho – 100 ball. Reytingdan kelib chiqib ular toifa (guruh)larga taqsimlanadi.

 

Ma’lumot uchun: toifa (guruh)ga qarab хodimlarning bazaviy oylik maoshi miqdori belgilanadi.

 

Davlat teatrlari va konsert muassasalari uchun 8 ta mezon oʻrnatilmoqda, ular qatorida – yangi spektakllar soni, shaхsiy bino va teхnikaning mavjudligi, veb-sahifani yuritilish holati va boshqalar (toʻliq roʻyхat bilan shu yerda tanishish mumkin).

 

Misol uchun, 100 ballni toʻplash uchun davlat teatri:

  • yiliga kamida 4 ta yangi spektakl qoʻyishi;
  • joriy repertuarda kamida 25 spektaklga ega boʻlishi;
  • bir yilda kamida 240 spektakl qoʻyishi;
  • kamida 2 ta хalqaro va 6 ta respublika miqyosidagi gastrol tashkil etishi;
  • zalni oʻrtacha kamida 70  nafar tomoshabin bilan toʻldirish;
  • muassasaning umumiy harajatlariga daromadlar ulushi 15 % tashkil etishi;
  • veb-sahifasining kamida 80% ga yuritilishi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.08.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev