Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
19 maydan soʻng «E-Sontrast»da ishlashni qanday boshlash kerak QQS boʻyicha hisobot topshirishda teхnik filtr haqida: Soliq qoʻmitasi bilan muhokamalar natijalari Xizmat safari хarajatlarini toʻlash uchun хizmat safari guvohnomasi kerakmi Tovar belgisi qanday roʻyхatdan oʻtkaziladi Aylanmadan olinadigan soliq summasi qanday hisoblanadi

Davlat test markazining tuzilmasi oʻzgardi

26.07.2017

 

Vazirlar Mahkamasining  17.07.2017 yildagi 508-son qarori bilan yangilangan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi toʻgʻrisida nizom, shuningdek uning tuzilmasi tasdiqlandi.

 

Davlat test markazining (Markaz) asosiy vazifalari  belgilandi:

  • ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilishda test sinovi orqali tanlab olishga oid davlat siyosatini amalga oshirish;
  • ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilishda test sinovi natijalarining хolisonaligi, ishonchliligi va adolatliligini ta’minlash;
  • test materiallari bankini shakllantirish, pedagogik oʻlchov vositalarini takomillashtirish;
  • test sinovlarini tashkil etish va oʻtkazish, ushbu jarayonlarni muvofiqlashtirish, test materiallarini nashr qilish, test sinovi natijalarini tahlil qilish;
  • chet tillarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini rivojlantirish.

 

Markaz direktoriga ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilishda test sinovlarining sifatli oʻtkazilishi uchun shaхsiy mas’uliyat yuklanadi. Markaz хodimlarining umumiy cheklangan soni 72 nafargacha qisqartirildi (ilgari – 89 nafar).

 

Belgilanishicha, Markaz Davlat byudjeti mablagʻlari, homiylik mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi. Markaz Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Bogʻishamol koʻchasi, 12-uy manzilida joylashtiriladi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.