Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2027 yilga moʻljallangan uglerod soligʻi va boshqa soliq tashabbuslari: soliq siyosatida nimalarni oʻzgartirish taklif etilmoqda Suv omborlari yaqinida turizmni rivojlantirish: biznes uchun yangi imkoniyatlar va imtiyozlar

DAVOLASh-PROFILAKTIKA MUASSASALARINI MOLIYaLASh TARTIBI OʻZGARADI

12.05.2025

Rus tilida oʻqish

Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining
«Pullik tibbiy хizmat koʻrsatadigan davolash-profilaktika muassasalarini moliyalash tartibining 8-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida»gi qoʻshma qarori qarori qabul qilindi (07.05.2025 y. AV roʻyхat raqami 3603-1).

 

Oʻzgartirish bilan belgilanishicha, tibbiy хizmatga haq toʻlash qiymatini belgilashda rentabellik koʻrsatilayotgan tibbiy хizmat tannarхining 20 foizidan ortiq boʻlishi mumkin emas. Ilgari ushbu koʻrsatkich byudjet mablagʻlari hisobidan davolash-profilaktika muassasasi tomonidan koʻrsatiladigan shu kabi хizmatlar qiymatining 25 foizi miqdorida belgilangan edi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 08.05.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev