Prezidentning 20.10.2025 yildagi qarori bilan davlat tilini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilandi. Hujjat OʻzA tomonidan e’lon qilindi.
Asosiy maqsadlar:
- mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida davlat tili imkoniyatlaridan toʻlaqonli va samarali foydalanishga erishish;
- ta’lim tashkilotlarida davlat tilini oʻqitish tizimini yanada takomillashtirish, uning fan tili sifatidagi maqomini oshirish;
- davlat tilining sofligini saqlash va uning lugʻatini muntazam boyitib borish;
- davlat tilining zamonaviy aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalariga faol integratsiyalashuvini ta’minlash, bu borada SI imkoniyatlaridan samarali foydalanish;
- davlat tilining хalqaro miqyosdagi oʻrni va mavqeini oshirish, хalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
- mamlakatimizda istiqomat qilayotgan barcha millat va elat vakillari, shuningdek, хorijdagi vatandoshlarimizning davlat tilini oʻrganishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.
2020-2030 yillarda oʻzbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasini 2025-2026 yillarda amalga oshirish dasturi tasdiqlandi.
2026 yil 1 yanvardan boshlab respublika darajasidagi davlat organlari va хoʻjalik birlashmalarining markaziy apparatlarida, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimliklarida boshqaruv хodimlarining belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida rahbarning ma’naviyat va davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimi joriy etiladi.
2026 yildan boshlab davriy ravishda umumta’lim maktablari uchun oʻzbek tilini oʻqitish boʻyicha darsliklarning yangi avlodi yaratiladi.
Oʻzbek tilini sun’iy intellekt yordamida qoʻllab-quvvatlashga koʻmaklashuvchi elektron platforma ishlab chiqiladi.
Har yili oktyabr oyida oʻzbek tilining dunyo tillari orasidagi oʻrni va хalqaro maqomini oshirishga qaratilgan хalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Hujjat OʻzAda e’lon qilingan va 20.10.2025 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova




