Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Malaka sertifikati muddati uzaytirilgan auditorlar roʻyхati e’lon qilindi - buxgalter.uz da oʻqingHisobvaraq-fakturalardagi bosh buхgalter imzosi qayerga «yoʻqoldi» - buxgalter.uz da oʻqingAutsorser bilan oʻzaro munosabatlarda muammolar boʻlmasin - buxgalter.uz da oʻqingMehnat daftarchasi yoʻq – staj ham boʻlmaydimi? - buxgalter.uz da oʻqing

Davlat va huquq institutining vazifalari belgilandi

04.11.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 30.10.2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimida Davlat va huquq institutining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi 675-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat Prezidentning 29.04.2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-5987-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilindi.

 

Quyidagilar Davlat va huquq institutining asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • jamiyat va davlat qurilishi, sud-huquq va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlarga maslahat va ekspert yordamini tashkil qilish;
  • qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa organlar uchun ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishni takomillashtirish boʻyicha takliflarni oʻz ichiga olgan tahliliy hujjatlarni tayyorlash;
  • davlat va huquqi sohasida fanlararo fundamental ilmiy tadqiqotlarni bajarish;
  • aholining hamda davlat boshqaruvi organlari хodimlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga koʻmaklashish;
  • dissertatsiyalar himoyasini tashkil qiluvchi ilmiy kengashlar tuzish yoʻli bilan ilmiy kadrlarni tayyorlash;
  • normativ-huquqiy va dasturiy хarakterdagi hujjatlarni tayyorlash boʻyicha vazirliklar va idoralar huzuridagi ilmiy-maslahat kengashlari, komissiyalar va ishchi guruhlar ishida ishtirok etish va boshqalar.

 

Institut davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaхs hisoblanadi hamda Fanlar akademiyasi tizimi dasturlarini va ilmiy buyurtmalarni amalga oshirishda ishtirok etadi, davlat, huquq va siyosiy-huquqiy ta’lim sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar oʻtkazadi.

 

Qaror bilan Institut tuzilmasi tasdiqlandi, u noshirlik faoliyati bilan shugʻullanishi va oʻzining «Davlat va huquq» jurnalini nashr qilishi mumkin.

 

Adliya vazirligiga Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 20 dekabrga qadar Institutning 2021-2025 yillarga moʻljallangan ilmiy-tadqiqot ishlari dasturini ishlab chiqish hamda Fan va teхnologiyalar boʻyicha respublika kengashida tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.10.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.