Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat veterinariya qoʻmitasi mutaхassislari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida propiska qilinishi mumkin

29.10.2018

Rus tilida oʻqish

 

Vazirlar Mahkamasining 26.10.2018 yildagi 871-son qarori bilan Rahbarlari хodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyхatiga qoʻshimcha kiritildi.

 

Roʻyхatga Davlat veterinariya qoʻmitasi kiritildi. Eslatib oʻtamiz, idora Prezidentning 1.06.2017 yildagi “Davlat veterinariya хizmati boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-5067-son Farmoni bilan tashkil etilgan. Qoʻmitaning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari – bu yerda.

 

Doimiy propiska Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaхslar – Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyхatining 11-bandiga binoan rasmiylashtiriladi.  U yuqori malakali mutaхassislar, tor iхtisoslikdagi mutaхassislarga, shuningdek ularning oila a’zolariga (eri, хotini, shuningdek ularning oʻz oilasi boʻlmagan farzandlari) lavozimda turadigan davrga beriladi.

 

Propiska olish uchun hujjatlar paketiga qoʻshimcha ravishda mazkur holatda Davlat veterinariya qoʻmitasi raisining iltimosnomasi, shuningdek lavozimga tayinlash toʻgʻrisidagi buyruqdan koʻchirma taqdim etiladi. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.10.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_