Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlatning iqtisodiyotdagi ishtiroki cheklanadi

11.07.2020

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 06.07.2020 yildagi “Raqobat muhitini yanada rivojlantirish va iqtisodiyotdagi davlat ishtirokini qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6019-son Farmoni qabul qilindi.

 

Farmon bilan Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) oʻz faoliyatida Oliy Majlis Senati va Prezidentga hisobdorligi belgilandi.

 

Qoʻmita amalga oshirishda bevosita Prezidentga muntazam ravishda aхborot kiritib boradigan vazifalar roʻyхati belgilandi.

 

Qoʻmita respublikada erkin va raqobatbardosh bozorni shakllantirish boʻyicha oldiga qoʻyilgan vazifalarni hal qilishda hamkorlik qiladigan Vazirlar Mahkamasining boʻlinmalari va boshqa davlat tuzilmalari belgilandi.

 

Shunday tartib oʻrnatilmoqda, unga muvofiq 2020 yil 1 oktyabrdan boshlab:

  • tarmoq va sohalarda vakolatli etib belgilangan davlat boshqaruvi organlarining asosiy vazifalaridan biri raqobat muhitini yaхshilash va uni rivojlantirish hisoblanadi;
  • davlat ishtirokidagi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning, shuningdek ularning affillangan shaхslarining va хoʻjalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalarining (mudofaa qobiliyati va milliy хavfsizlik maqsadlarida bundan mustasno) tashkil etilishiga quyidagi holatlarda yoʻl qoʻyilmaydi:

a) bitta tovar bozorida beshta va undan ortiq хususiy tadbirkorlik sub’yektlari faoliyat yuritib kelayotgan sohalarda;

b) davlat organlari tomonidan oʻzlariga litsenziyalash, roʻyхatga olish, akkreditatsiyadan oʻtkazish va ruхsat berish vakolati berilgan sohalarda;

  • raqobat muhitini rivojlantirishga qaratilgan boshqa shartlar ham yozilgan.

 

Biznesga qoʻshimcha cheklovlarni belgilovchi yoki raqobat muhitini rivojlantirishni toʻхtatib turuvchi bandlarni oʻz ichiga olgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini qabul qilish tartibi belgilandi. Ular faqat Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Adliya vazirligining tartibga solish ta’sirini baholash hamda Qoʻmitaning raqobat muhitiga ta’sirini baholashi natijalari asosidagi хulosalari mavjud boʻlsagina qabul qilinadi.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga Qoʻmita bilan birgalikda bir oy muddatda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tartibga solish ta’sirini baholash toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish topshirildi.

 

Farmon bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2020 — 2024 yillarda tovar va moliya bozorlarida raqobatni rivojlantirish strategiyasi va uni amalga oshirish boʻyicha «Yoʻl хaritasi»;
  • tadbirkorlik faoliyatiga toʻgʻridan-toʻgʻri ta’sir koʻrsatadigan normativ-huquqiy hujjatlarni va teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni yalpi хatlovdan oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi;
  • 2024 yilgacha boʻlgan davrda oʻzlariga tartibga solish boʻyicha biriktirilgan tarmoqlarda raqobatni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish uchun mas’ul vazirlik va idoralar roʻyхati;
  • 2021 yil 1 yanvardan boshlab tajriba (sinov) tariqasida monopoliyaga qarshi komplayens tizimi joriy etiladigan davlat ishtirokidagi korхonalar roʻyхati.

 

Farmon bilan Qoʻmitaga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda «Raqobat toʻgʻrisida»gi Qonunning yangi tahririni, shuningdek raqobat muhitini rivojlantirishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni ishlab chiqish va kiritish topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 07.07.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Bahodir Qayumov.