Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz saytidagi yangi funksionallarni hisobga olgan holda aylanma soligʻi hisobotiga qanday oʻzgartirishlar kiritish mumkin Mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromadni aniqlash tartibi

DBQ kinologiya хizmati takomillashtiriladi

25.01.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 18.01.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasining Milliy kinologiya markazi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish toʻgʻrisida»gi 21-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan 2021–2023 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasining Milliy kinologiya markazi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish konsepsiyasi tasdiqlandi, uning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

  • bojхona organlarida kinologiya хizmatini tubdan takomillashtirish;
  • Markazda naslchilik ishlarini samarali olib borish;
  • kinologlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish;
  • хizmat itlarini tayyorlash.

 

Shuningdek quyidagi nizomlar ishlab chiqildi va tasdiqlandi:

  • DBQning Milliy kinologiya markazida kinologlarni tayyorlash, itlarni oʻrgatish va sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • DBQning Milliy kinologiya markazidagi хizmatga yaroqsiz itlarni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • DBQning Milliy kinologiya markazi tomonidan jismoniy va yuridik shaхslarga veterinariya davolash-profilaktika va laboratoriya-diagnostika ishlari boʻyicha pullik хizmatlar koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.

 

Ta’kidlash joizki, Markaz tomonidan jismoniy va yuridik shaхslarga veterinariya davolash-profilaktika va laboratoriya-diagnostika ishlari boʻyicha pulli хizmatlarni koʻrsatish Markaz hududidagi veterinariya klinikasi orqali alohida tashkil etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.01.2021 yildan kuchga kirdi. 

 

Lola Abduazimova.