Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda ish haqi boʻyicha oʻtkazmalar: hisoblash, ushlab qolish, toʻlash Oʻzbekistondagi iqtisodiy oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilari ASSA va ACFP diplomi uchun qanday imtihon topshirishlari kerak E’tibor bering: Vuxgalter.uz materiallarini koʻrish shartlaridagi oʻzgarishlar

Dehqon хoʻjaligi uchun ajratiladigan yer uchastkasining oʻlchami oshirildi

10.11.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 09.11.2023 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga dehqon хoʻjaligini yuritish uchun ajratiladigan yer uchastkalarining oʻlchamini oshirishga qaratilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻrisida»gi OʻRQ-876-son Qonun imzolandi.


Hujjatda qayd etilishicha, mamlakatning ayrim hududlarida chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligi dehqon хoʻjaligi uchun ajratiladigan yer uchastkalarining qonunchilikda belgilangan oʻlchamini qayta koʻrib chiqish va oshirish zaruratini yuzaga keltirmoqda.

 

Qonun bilan Yer kodeksi va «Dehqon хoʻjaligi toʻgʻrisida»gi Qonunga mamlakatning ayrim hududlarida chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirish maqsadida dehqon хoʻjaligini yuritish uchun ajratiladigan yer uchastkalarining eng koʻp oʻlchamini 1 gektardan 5 gektarga oshirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilmoqda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 09.11.2023 yildan kuchga kirdi.

 

 Lola Abduazimova.