Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Dekabr oyidan identifikatsiya vositalari yordamida tovarlarni markirovkalash boshlanadi

27.11.2019

Rus tilida oʻqish

 

Tartib mahalliy ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilarga, birinchi navbatda, sigareta va alkogol mahsulotlariga tatbiq etiladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 23.11.2019 yildagi 944-son qarorida belgilangan.

 

Hujjatda mahalliy ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar uchun mahsulotlarni identifikatsiya vositalari yordamida markirovkalashni bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha tajriba loyihasini amalga oshirish nazarda tutilgan.

 

Ilgari QHTBT portalida joylashtirilgan loyihada tajribani sigaretalar (sentyabrdan), alkogol va undirilgan dondan tayyorlangan pivodan (oktyabrdan) boshlash taklif etilgan. Biroq tasdiqlangan tahririda pivo chiqarib tashlangan, qolgan ikkita nomdagi mahsulotlar uchun joriy etish muddati esa 2019 yil 1 dekabrga koʻchirilgan edi.

 

Bunda tajribada iхtiyoriy ravishda ishtirok etgan tadbirkorlik sub’yektlari mahsulotlarni aksiz markalari bilan majburiy markirovkalashdan, shuningdek davlat tilida markirovkalashdan ozod etilmaydi.

 

2020 yil 1 iyulgacha quyidagilar yuzasidan takliflar kiritiladi:

  • identifikatsiya vositalari yordamida markirovkalanadigan mahsulotlar roʻyхatini yanada kengaytirish, birinchi navbatda, dori vositalari va tibbiyot buyumlarini qamrab olish;
  • DSQ huzurida ishlab chiqariladigan va import qilinadigan mahsulotlar elektron bazasini yaratish.

 

Tajriba loyihasi ishtirokchilari, shuningdek mahsuloti identifikatsiya vositalari yordamida markirovkalanadigan tadbirkorlik sub’yektlari tarkibi DSQ tomonidan belgilanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.11.2019 yildan kuchga kirdi.  

 

Lenara Xikmatova.