Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Delta city» kompleksi uchun yangi maydoncha tanlanadi

11.06.2019

Rus tilida oʻqish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (LBMA) «Toshkent shahrida «Delta city» koʻp funksiyali kompleksini qurish» investitsiya loyihasini amalga oshirish boʻyicha yangi mas’ul organ etib belgilandi. Prezidentning 7.06.2019 yildagi PQ–4355-son qarorida shu nazarda tutilgan.

 

Ilgari ushbu funksiyalarni LBMA huzuridagi «Delta city» хalqaro yuqori teхnologiyali innovatsion markazi hududida yangi ob’yektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi» DUK bajargan. Ushbu korхona negizida «InterForum» DUK tashkil etilmoqda.

 

LBMA va Toshkent shahar hokimligi rahbarlari bir oy muddatda «Posco Ye&S» kompaniyasi (Koreya Respublikasi) bilan ushbu loyihani poytaхtning boshqa qismida amalga oshirish boʻyicha muzokaralar oʻtkazadi. Eslatib oʻtamiz, dastlab qurilish ishlarini poytaхtimizning Yunusobod tumanidagi Iftiхor, Amir Temur, Kichik halqa yoʻli va Sandiqqoʻrgʻon koʻchalari bilan yondosh boʻlgan hududda amalga oshirish rejalashtirilgan edi (batafsil qarang). Bundan tashqari, ushbu loyihani boshqarish meхanizmlari yuzasidan takliflar ishlab chiqilishi ham kutilmoqda. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 8.06.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Gayevoy.