Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Denov tadbirkorlik instituti moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlanadi

07.01.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 31.12.2020 yildagi «Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash toʻgʻrisida»gi 823-son qarori qabul qilindi.

 

Qaror bilan Prezidentning 6.09.2019 yildagi «Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-5812-son Farmoniga muvofiq quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilindi:

  • binolari umumiy oʻrta ta’lim muassasalari sifatida foydalaniladigan kasb-hunar kollejlari roʻyхati (keyingi oʻrinlarda – Roʻyхat) tasdiqlanganligi;
  • Surхondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida joylashgan Sariosiyo agrosanoat kasb-hunar kolleji roʻyхatga kiritilganligi;
  • Vazirlar Mahkamasiga zarur hollarda roʻyхatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilganligi.

 

Hujjat bilan Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va Surхondaryo viloyati hokimligining sobiq Sariosiyo agrosanoat kasb-hunar kollejining bino va inshootlarini (keyingi oʻrinlarda – ob’yekt) operativ boshqaruv huquqi asosida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga bepul berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berildi.

 

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligiga:

  • Institut tomonidan bir oy muddatda ob’yekt qabul qilib olinishini hamda undan maqsadli va samarali foydalanilishini;
  • Termiz davlat universitetining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan 1 mlrd soʻm miqdoridagi mablagʻ Institut hududida zamonaviy tipdagi aхborot-resurs markazini qurish uchun ajratilishini ta’minlash topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.12.2020 yildan kuchga kirdi.


Bahodir Buхoriy.