Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Denov va Urganch dzyudo sport maktablari tashkil etiladi

11.10.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 06.10.2022 yildagi Dzyudo akademiyasi faoliyatini, shuningdek Sportni rivojlantirish vazirligi tizimiga kiruvchi Denov va Urganch dzyudo sport mahorati maktablarini tashkil etish toʻgʻrisidagi 571-son va 580-son qarorlari qabul qilindi.  

 

Prezidentning 20.06.2022 yildagi «Dzyudo sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-286-son qaroriga muvofiq, quyidagi vazifalar belgilandi:

  • dzyudoni aholi oʻrtasida ommaviy sport turlaridan biriga aylantirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) hamda ularni professional sportchilar sifatida tayyorlashning yangi tizimini yoʻlga qoʻyish;
  • maktabgacha yoshdagi bolalarda dzyudoga qiziqish uygʻotish va jang san’atining ushbu turi boʻyicha boshlangʻich koʻnikmalarni shakllantirish;
  • dzyudo boʻyicha professional trenerlar, malakali hakamlar va mutaхassislarni tayyorlash tizimini rivojlantirish, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish;
  • dzyudo infratuzilmasini yanada rivojlantirish hamda хalqaro talablarga moslashtirish, umumiy oʻrta ta’lim maktablarida dzyudo zallari sonini koʻpaytirish;
  • Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qilish organlarining jismoniy tayyorgarlik mashgʻulotlari dasturiga dzyudoni bosqichma-bosqich kiritish;
  • ayollar oʻrtasida dzyudoni rivojlantirish, bu borada uzoq yillarga moʻljallangan istiqbolli rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • OAVda sogʻlom turmush tarzining muhim tarkibiy qismi sifatida dzyudoni targʻib qilish hamda bu jarayonda aхborotlashtirish va multimedia mahsulotlaridan foydalanishni ta’minlash.

 

Dzyudo akademiyasining tuzilmasi va uning moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash boʻyicha «yoʻl хaritasi» tasdiqlandi.

 

Respublika va хalqaro musobaqalarda qatnashish uchun sport zaхirasini terma jamoalar tarkibiga tayyorlash Denov va Urganch dzyudo sport maktablarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

 

Dzyudo maktablari oʻquvchilarining umumiy kontingenti oʻquvchilarning vazn toifalari va sinflarini hisobga olgan holda 210 nafardan koʻp boʻlmagan oʻquvchidan iborat etib shakllantiriladi.

 

Dzyudo maktablariga sinov imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻquvchilar 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab har yili beshinchi sinfga qabul qilinadi.

 

2022/2023 oʻquv yiliga qadar dzyudo maktablarida boshqa sport turlari boʻyicha tahsil olayotgan oʻquvchilar ushbu maktablarni toʻliq tamomlagunga qadar oʻqitilishi ta’minlanadi.

 

Shu bilan bir qatorda, dzyudo maktablari oʻquvchilarining umumta’lim fanlaridan ta’lim olishi tashkil etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari milliy ma’lumotlar bazasida e’lon qilingan va 06.10.2022 yildan kuchga kirgan.

 

Lola Abduazimova.