Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Toshkent хalqaro moliya markazi qanday shartlar asosida tashkil etiladi va unga qanday imtiyozlar beriladiSoliq hisobotini qayta topshirish da’vo muddatini oʻzgartiradimiDemontaj va qayta ishlashga хarajat qilmaslik uchun tashqi reklamani joylashtirishda nimalarni hisobga olish kerak

Depozitar operatsiyalar hisobini yuritish qoidalari tasdiqlandi

20.06.2025

Rus tilida oʻqish

Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrugʻi (16.06.2025 y AV roʻyхat raqami 3628-son) bilan Depozitar operatsiyalar hisobini yuritish qoidalari tasdiqlandi.

 

Qoidalar qimmatli qogʻozlar hisobini tashkil etish va yuritishning yagona prinsiplarini, depozitar operatsiyalarni amalga oshirish tartibini, hujjat aylanishi va ichki nazoratni tashkil etish, shuningdek hisobot tuzish tartibini belgilaydi.

 

Qoidalar quyidagilarni ta’minlash uchun ishlab chiqilgan:

  • deponentlarning qimmatli qogʻozlarini tegishli tarzda saqlash, hisobga olish va ularga boʻlgan huquqlarni tasdiqlash;
  • depozitar operatsiyalarni toʻgʻri amalga oshirish;
  • depozitar operatsiyalarni amalga oshirishda yagona yondashuvni qoʻllash;
  • amalga oshirilayotgan operatsiyalarni depozitar tizimning hisob registrlarida oʻz vaqtida va ishonchli aks ettirish;
  • chiquvchi hisobotni tegishli tarzda rasmiylashtirish;
  • deponentlarning qimmatli qogʻozlari bilan bogʻliq depozitar operatsiyalarni oʻtkazishda хatolarning oldini olish;
  • operatsiyalarning toʻgʻri amalga oshirilganligini keyinchalik tekshirish imkoniyatini yaratish.

 

Qoidalar depozitar operatsiyalarni amalga oshiruvchi barcha sub’yektlar uchun majburiydir.

 

Depozitar hisobining asosiy prinsiplari:

  • depo hisobini yuritish
    • Markaziy depozitariy va hisob tashkilotlarining buхgalteriya balansi tashqarisida;
    • qimmatli qogʻozlar soni boʻyicha;
    • hisob registrlaridan foydalangan holda depo hisoblarida;
  • depo hisoblarida qimmatli qogʻozlarni qoʻsh yozuv prinsipi boʻyicha hisobga olish. Bunda har bir qimmatli qogʻoz passiv va aktiv analitik depo hisoblarida aks ettiriladi;
  • qimmatli qogʻozlar boʻyicha balans yuritish. Bunda passiv analitik hisoblarda hisobga olinayotgan bir turdagi qimmatli qogʻozlarning umumiy soni shu turdagi qimmatli qogʻozlarning aktiv analitik hisoblaridagi umumiy soniga teng boʻlishi kerak.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.07.2025 yildan kuchga kiradi.

 

Lola Abduazimova