Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
QQS va bojхona bojini toʻlamasdan olib kiriladigan asbob-uskunalar roʻyхati toʻldirildi Nima uchun soliqchilar endi «avtokameral» natijalari boʻyicha asoslaringizni e’tiborsiz qoldira olmaydilar 2026 yil iyul oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallar qanday hisoblanadi

Deputat yordamchisining maqomi belgilandi

18.10.2021

Rus tilida oʻqish

14.10.2021 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-722-son Qonun qabul qilindi.

 

2.12.2004 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi toʻgʻrisida” 704-II-son Qonun deputat yordamchisi toʻgʻrisidagi 94-modda bilan toʻldirildi. Unda belgilanishicha, deputat oʻzini deputatlikka nomzod etib koʻrsatgan siyosiy partiya bilan aloqasini saqlab turish hamda oʻz saylov okrugidagi faoliyatini samarali tashkil etish uchun yordamchiga ega boʻlishga haklidir.

 

Oʻzbekistonning 18 yoshga toʻlgan fuqarosi deputatning yordamchisi boʻlishi mumkin. Uni ishga qabul qilish deputatning taqdimnomasiga koʻra deputatning vakolatlari davriga tuziladigan muddatli mehnat shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Shartnoma deputatning vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan, shuningdek mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda tugatilishi mumkin.

 

26.12.1996 yildagi “Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida”gi 337-I-son Qonundan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatining vakili toʻgʻrisidagi 142-modda chiqarib tashlandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.10.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.