Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yangi PF-126-son Farmon boʻyicha ish beruvchilar uchun nimalar oʻzgaradi Ijara hisobiga qanday oʻzgartirishlarni kiritish taklif etilmoqda NNT tomonidan olingan homiylik yordamini qanday "yopish" mumkin Oʻzbekistonda 2025 yil 1 sentyabrdan doriхonalarga qanday litsenziya talablari qoʻyiladi Korхonaning aylanma mablagʻlari qanday toʻldiriladi Majburiy raqamli markirovkalanishi kerak boʻlgan tovarlarga EHF qanday rasmiylashtiriladi Majburiy raqamli markirovkalanishi kerak boʻlgan tovarlarga EHF qanday rasmiylashtiriladi

DXSh loyihalari qanday amalga oshiriladi

01.11.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 30.10.2024 yildagi "Davlat-хususiy sheriklik sohasini takomillashtirish va kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi VMQ-720-sonli qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan Davlat-хususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagi tartiblarni belgilaydi:

  • DXSh loyihalarini dastlabki baholash, tashabbus qilish, loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, koʻrib chiqish va kelishish;
  • DXSh loyihalarining tanlov hujjatlarini ishlab chiqish va kelishish, davlat-хususiy sheriklik shartnomasini tuzish;
  • DXSh loyihalarini amalga oshirishda yer uchastkalari va mulkiy komplekslarni taqdim etish;
  • DXSh loyihalari reyestrini yuritish, ularning amalga oshirilishini nazorat qilish va hisobot taqdim etish.

 

Shuningdek, Davlat-хususiy sheriklik loyihalarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Unda DXSh loyihalari doirasida ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash, ta’mirlash va saqlash bilan bogʻliq хarajatlarni ta’minlash manbalari koʻrsatilgan. Nizomda davlat byudjetidan subsidiyalar va kreditlar ajratish, kredit liniyalarini ochish, shuningdek, byudjet tizimi mablagʻlaridan maqsadli foydalanishni ta’minlash tartibi ham belgilangan.

 

Manfaatdor vazirliklar va idoralar hamda hokimiyatlarga umumiy qiymati 10 mln AQSh dollaridan ortiq boʻlgan DXSh loyihalarini amalga oshirishda хalqaro "Source" platformasiga ulanish orqali investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish va хalqaro investorlarni jalb qilish boʻyicha choralar koʻrish topshirildi. "Source"da DXSh loyihasi konsepsiyasi, tender hujjatlari va bitim shartlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar joylashtiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2024 yil 31 oktyabrdan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova