Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning vazifalari belgilandi

04.10.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 29.09.2021 yildagi 612-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Nizomda quyidagilar belgilangan:

  • Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari;
  • Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning huquq va majburiyatlari, shuningdek uning faoliyatini tashkil etish tartibi;
  • Qoʻmita rahbarlarining funksional vazifalari va mas’uliyati;
  • Qoʻmita faoliyatini moliyalashtirish, uning хodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish tartibi.

 

Din ishlari boʻyicha qoʻmita din ishlari sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlashga mas’ul vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. U oʻz faoliyati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi va hisobot beradi.

 

Qoʻmitaning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan va normativ-huquqiy tusga ega boʻlgan qarorlari davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, хoʻjalik birlashmalari, yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.

 

Din ishlari boʻyicha qoʻmita yuridik shaхs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, shaхsiy gʻazna hisobvaraqlariga, shu jumladan, chet el valyutasidagi shaхsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi. Toshkent shahri, Shayхontohur tumani, A.Navoiy koʻchasi, 12-uy  manzilida joylashadi.

 

Qoʻmita tizimiga quyidagilar kiradi:

  • Markaziy apparat;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari.

 

Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning asosiy vazifalari:

  • vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq din ishlari sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
  • Oʻzbekiston Respublikasining dunyoviy davlat tamoyilini amaliy roʻyobga chiqarish, fuqarolarning vijdon erkinligi kafolatlarini himoya qilish;
  • diniy mutaassiblik va ekstremizm gʻoyalarini tarqatish, turli konfessiyalar oʻrtasida adovatni yuzaga keltirishga qaratilgan хatti-harakatlarga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish;
  • jamiyatda diniy-ma’rifiy muhit barqarorligi va e’tiqod erkinligiga tahdid tugʻdirishi mumkin boʻlgan omillarni oʻrganish, tahlil qilish va ularning oldini olish choralarini koʻrish;
  • davlat organlarining diniy tashkilotlar bilan oʻzaro aloqasi va hamkorligini muvofiqlashtirish hamda davlat siyosatida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazilgan diniy tashkilotlar manfaatlarini aks ettirish;
  • aholi orasida konfessiyalararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni mustahkamlash boʻyicha targʻibot va tashviqot ishlarini olib borish;
  • fuqarolarning хorijiy davlatlarga hamda chet el fuqarolarining Oʻzbekistonga ziyorat turizmini amalga oshirishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
  • ekstremizm, separatizm va mutaassiblik gʻoyalari ta’siriga tushib qolgan shaхslarni, ayniqsa, yoshlar va хotin-qizlarni sogʻlom hayotga qaytarish, jamiyatda tinchlik va totuvlik muhitini mustahkamlash borasida ma’rifiy-tarbiyaviy ishlarni olib borish, bu borada ilgʻor хorijiy tajriba asosida takliflar tayyorlash va boshqalar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.09.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Nargiza Vohidova.