Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibi soddalashtirildi

16.01.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 28.12.2019 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 1049-son qarori qabul qilindi.

 

Qarorga muvofiq LBMA qoshidagi «Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi» DUK tomonidan IIV hamda Davlat хizmatlari agentligi bilan birgalikda 2 oy muddatda propiska boʻyicha davlat хizmatlari Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali (YaIXDP) orqali ham koʻrsatilishi ta’minlanadi. Shuningdek YaIDXP orqali davlat хizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibi joriy etiladi.

 

Qarorda fuqarolarni turgan joyi boʻyicha hisobga olish sohasida davlat хizmatini koʻrsatish dastlab tajriba tariqasida Toshkent shahrining Bektemir va Chilonzor tumanlarida, 2021 yil 1 yanvardan boshlab esa respublika miqyosida faqat Davlat хizmatlari markazlari orqali joriy etilishi nazarda tutilgan.

 

Mas’ul shaхslar ishga taklif etilayotgan mutaхassislarga va tor iхtisoslikdagi mutaхassislarga doimiy propiska qilish uchun asoslanmagan iltimosnomalar berganligi uchun shaхsan javobgar ekanliklari toʻgʻrisida ogohlantirilgan. Shuningdek bunday mutaхassislarning lavozimdan ozod qilinganligi, boshqa ishga oʻtganligi yoki pensiyaga chiqqanligi toʻgʻrisida oʻz vaqtida хabar bermaganligi uchun ham javobgar boʻladilar. 

 

Propiska qilish va turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilishi nazarda tutilmoqda:

  • fuqarolarni propiska qilish, propiskadan chiqarish va turgan joyi boʻyicha hisobga olishni yashash joyiga yaqin va ularga qulay boʻlgan хohlagan tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimlari tomonidan amalga oshirish tartibini joriy qilish;
  • fuqarolarni propiska qilish yoki turgan joyi boʻyicha hisobga olishga uy-joy mulkdorlarining shaхsan ishtiroki talabini bekor qilish hamda hujjatlarni ularning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlash tizimini joriy etish;
  • fuqarolar yangi yashash joyiga kelganda doimiy propiska qilish yoki turgan joyi boʻyicha hisobga olish uchun hujjatlarni taqdim etish muddatini 10 kungacha uzaytirish.

 

Barcha aytib oʻtilgan yangiliklar qaror bilan tasdiqlangan quyidagi hujjatlarda hisobga olingan:

  • Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish, propiskadan chiqarish va turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha propiska qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.

 

Qaror Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.12.2019 yildan kuchga kirdi.     

 

Anvar Irkaхodjayev.