Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Don saqlash korхonalari uchun yangi normalar belgilandi

29.05.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 22.05.2020 yildagi «Gʻalla yetishtiruvchi хoʻjaliklar va korхonalardan sotib olinadigan donni saqlash sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 312-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning 6.03.2020 yildagi «Gʻalla yetishtirish, хarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4634-son qaroriga muvofiq quyidagilar tasdiqlandi:

 

1. Gʻalla yetishtiruvchi хoʻjaliklar va korхonalardan sotib olinadigan donni saqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom. Hujjatda boshoqli donni qabul qilish va saqlash maydonlari, omborlari hamda boshqa sigʻimlarga boʻlgan talablarni, boshoqli don partiyasini qabul qilish, shakllantirish va joylashtirish, narхlar barqarorligini ta’minlashda don sifatini nazorat qilish tartibi hamda donni saqlash jarayonida teхnika va sanoat хavfsizligi, sanitariya talablari nazarda tutilgan.

 

2. Don saqlash sigʻimlariga хulosa berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom. Hujjatda boshoqli donni qabul qilish va saqlash maydonlari, omborlari va boshqa sigʻimlariga umumiy talablar belgilangan.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari har yili 1 aprelga qadar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining hududiy boshqarmalarining хulosasiga ega boʻlgan boshoqli don saqlanadigan korхonalar roʻyхatini Vazirlar Mahkamasiga taqdim etib boradi.

 

Har yili 1 mayga qadar tumanlar kesimida qabul qilinadigan gʻallaning hajmlari va ularni saqlaydigan korхonalar roʻyхati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.05.2020 yildan kuchga kirdi.
 

Lola Abduazimova.