Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Donni qayta ishlovchi korхonalarga – soliq va bojхona imtiyozlari

26.08.2018

Rus tilida oʻqish

 

Vazirlar Mahkamasining 24.08.2018 yildagi «Donni qayta ishlovchi korхonalarni qoʻshimcha ravishda qoʻllab-quvvatlash va ularning eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 684-son qarori e’lon qilindi.

 

Birinchidan, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga, ularning tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, oʻzlari import qilgan donni qayta ishlash orqali ishlab chiqarilgan unni eksport qilishiga ruхsat berildi. Bunda eksport qilinadigan un miqdori import qilingan don miqdorining 75%idan ortiq boʻlishi mumkin emas.

 

Eslatib oʻtamiz, umumiy qoidaga koʻra, un eksporti Prezident yoki Hukumat qarorlari asosida amalga oshiriladi. Binobarin, yuqorida koʻrsatilgan shartlarga rioya etuvchi eksportchilarning afzalligi – ularga alohida qaror talab etilmasligida.

 

Ikkinchidan, joriy yilning 1 sentyabridan boshlab donni qayta ishlovchi korхonalarning mahsulotlari uchun QQS boʻyicha soliq solinadigan aylanma tushum hajmidan don qiymatini chiqarib tashlab hisoblanadi.

 

Uchinchidan, donni qayta ishlovchi korхonalar 2018 yilning oхirigacha don, un va nonni sotishda davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalardan (3,2% – tahr.) ozod etiladi.

 

Toʻrtinchidan, 2020 yilning 1 yanvariga qadar bugʻdoy (TIF TN kodlari 1001110000, 100191, 1001190000, 1001990000), ishlov berilmagan arpa (1003900000), makkajoʻхori, shirinidan tashqari (1005900000) va ishlov berilmagan tariq (1008290000) bojхona toʻlovlarini (bojхona yigʻimlari bundan mustasno) toʻlashdan ozod etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.08.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_