Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Donorlar uchun qon topshirish davriyligi oʻzgartirildi

15.06.2016

2016 yil 25 apreldagi OʻRQ–405-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 6 iyunda 2556-1-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Aniqlashtirilishicha, yaхlit qon donatsiyasining davriyligi erkaklar uchun bir yilda 5 martadan, ayollar uchun bir yilda 4 martadan oshmasligi kerak. Bunda bir martalik qon olish normasi koʻpi bilan 500 ml ni, shuningdek laboratoriya tekshiruvlari uchun 40 ml ni tashkil etadi. Ilgari yaхlit qon donatsiyasining davriyligi ham erkaklar, ham ayollar uchun bir yilda 4 martadan oshmasligi lozim edi. Bir martalik qon olish normasi esa 400 ml ni, shuningdek laboratoriya tekshiruvlari uchun 20 ml ni tashkil etardi.

 

Hujjat davlat tilida qabul qilingan.

 

Buyruq Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2016 yil 13 iyundagi 23-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirdi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV

tayyorladi.