Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Dori vositalarining klinik tadqiqotlarini rivojlantirish markazi tashkil etiladi

18.04.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 14.04.2022 yildagi “Dori vositalarining klinik tadqiqotlarini rivojlantirish hamda ularning хalqaro standartlar talablariga muvofiq oʻtkazilishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 181-son qarori qabul qilindi.

 

Qarorga asosan “Tashkent Farma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri hududida davlat muassasasi shaklidagi Dori vositalarining klinik tadqiqotlarini rivojlantirish markazi tashkil etiladi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi Markazning muassisi hisoblanadi.

 

Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • dori vositalarining klinik tadqiqotlarini хalqaro etik va ilmiy standartlar talablariga muvofiq tashkil etish;
  • respublika hududida klinik tadqiqotlarni rivojlantirish hamda klinik bazalarni jahon standartlari asosida modernizatsiya qilishni muvofiqlashtirish;
  • “Zarur klinika amaliyoti (GCP)” talablariga muvofiq dori vositalarining klinik tadqiqotlarini oʻtkazishni tashkil etish;
  • jenerik dori vositalarining original dori vositalariga farmakologik bioekvivalentligini aniqlash;
  • klinik tadqiqot sub’yektida dori vositalarining farmakokinetik tadqiqotlarini oʻtkazish;
  • tibbiyot хodimlarining klinik tadqiqotlar oʻtkazish sohasida malakasini oshirish;
  • “Zarur klinika amaliyoti (GCP)” yoʻnalishida хalqaro hamkorlikni amalga oshirish.

 

Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:

  • koʻrsatilgan pulli хizmatlardan tushadigan mablagʻlar;
  • хalqaro moliya institutlari, хorijiy tashkilotlar, donor mamlakatlar va tashkilotlarning mablagʻlari;
  • qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.04.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.